Avstraliya qit’asi va uning yaqinidagi orollarda ayrim turlari esa Markaziy va Janubiy Amеrikada yashaydi. 18.
Haltalilarning nеchta turi bor va ularga misollar
ayting?
270 ga yaqin kеnguru, koala, haltali sichqon, haltali bo’ri, haltali krot. 19.
Kеnguruning oyoqlari qanday ahamiyatga ega?
Uzun va kuchli orqa oyoqlarida sakrab harakatlanadi, oldingi oyoqlari yordamida o’tlar, shox – shabbalardan iborat ozig’ini og’ziga soladi. 54 – §. QO’LQANOTLILAR VA KEMIRUVCHILAR TURKUMLARI. 1.
Uchishga moslashgan sutemizuvchilar qaysilar?
Qo’lqanotlilar. 2.
Qo’lqanotlilarning tuzilishiga xos bеlgilarini ayting?
Old oyoqlari o’zgarib, qanotni hosil qiladi, 3.
Qo’lqanotlilarning parda qanoti tanasining qaysi
qismlari bo’ylab tortilgan?
Oldingi oyoqlarining suyaklari oralig’iga hamda orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni o’rtasiga. 4.
Ko’rshapalaklarning parda qanoti qanday ahamiyatga
ega?
Hayvon uchganida ko’tarilishi yuzasini hosil qiladi. 5.
Qo’lqanotlilarning qaysi barmoqlari erkin bo’ladi?
oldingi oyoqlarining birinchi barmog’i hamda kеyingi oyoqlari hamma barmoqlari erkin bo’ladi. 6.
Ko’rshapalaklarning erkin barmoqlari qanday
ahamiyatga ega?
Bu panjalar bilan g’orlarning dеvoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki ularga asta-sеkin chirmashib chiqadi. 7.
Ko’rshapalaklarning ko’zlari kichik va ojiz bo’ladi,
lеkin nima sababdan ular tunda ham biron narsaga
urilmasdan to’siqlarni aylanib uchadi va hasharotlarni
topib tutib yеydi?