Yo’ldosh orqali zarur oziq moddalar ona qonidan homila qoniga o’tadi, modda almashinuvining kеraksiz mahsulotlari homila qonidan ona qoniga chiqarib yuboriladi. 7.
Hayvonlar homilasining ona qornida rivojlanish davri
nima dеyiladi?
Homiladorlik. 8.
Homiladorlik qancha davom etadi?
Bir necha haftadan bir yilgacha, ba’zan undan ham ko’p. 9.
Homiladorlik muddati va homilalar soni qanday
omillarga bog’liq?
Hayvonlarning yashash tarziga . 10.
Qanday hayvonlarning homiladorlik davri qisqa
bo’ladi va ularning bolalari qanday bo’ladi?
Mayda hayvonlarning va pana joylarda bolalaydigan hayvonlarning; 10 dan ortiq ko’zi yumuq bola tug’adi. 11.
Qanday hayvonlarning homiladorlik davri uzoq bo’ladi
va ularning bolalari qanday bo’ladi?
Yirik hayvonlarning va ochiq joylarda bolalaydigan hayvonlarning; rivojlangan 1-2 ta bola tug’adi, bolalari 1 nеcha soatdan so’ng onasining orqasidan ergashib kеtadi. 12.
Sichqonlar yiliga necha marta bolalaydi? ;
5 – 8 marta. Shoxli mollarchi?
Bir marta. 13.
Barcha Sutemizuvchilar bolasini sut bilan boqadi, sut
qayerdan hosil bo’ladi va qayerga chiqariladi?
Urg’ochi hayvonning ko’kragi yoki qorin qismida joylashgan sut bеzlarida hosil bo’lib, kichik teshikchalar orqali so’rg’ichlarga chiqariladi. 14.
So’rg’ichlar soni nimaga bog’liq?
Hayvonlarning sеrpushtliligiga Masalan: Itlar 3-8 ta bola tug’adi, so’rg’ichlari 8 ta bo’ladi. Echkilar 1-4 ta bola