suyagidan hosil bo’lgan. 14.
Itlarning qaysi suyagi rivojlanmagan?
O’mrov suyagi. 15.
Sutemizuvchilarning orqa oyoq skеlеti qaysi
suyaklardan iborat?
Sudralib yuruvchilarnikiga o’xshash son, ikkita boldir, panja (8 ta tovon, 5 ta kaft, 14 ta barmoq). 16.
Sutemizuvchilarning orqa oyoq kamari qaysi
suyaklardan iborat?
3 juft suyakdan hosil bo’lgan chanoq. 17.
Sutemizuvchilarning tishlari qanday xillarga bo’linadi?
Jag’larining oldingi qismida ponasimon kurak tishlar, ulardan orqaroqda konussimon yirik qoziq tishlar, og’iz bo’shlig’ining ikki yon tomonida yassi oziq tishlar joylashga. 18.
Itlar va boshqa yirtqich hayvolarning tishlari qanday
tuzilgan?
Kurak tishlari birmuncha mayda, qoziq tishlar va ularning yonida joylashgan yirtqich tishlari kuchli rivojlangan. 19.
Tishlarning har xil tuzilishi nimaga bog’liq?
Ularning vazifasiga. 20.
Tishlar qayerda joylashgan?
Jag’larning chuqurchasida. 21.
Sutemizuvchilarning qaysi muskullari kuchli
rivojlangan?
Orqa muskullari, qo’l va oyoq hamda ularning kamar muskullari. 22.
Itlarning qaysi muskullari ham yaxshi rivojlangan?
Pastki jag’ini harakatga keltiruvchi muskullar. 51 - §. ITNING ICHKI TUZILISHI. 1.
Sutemizuvchilarning hazm sistеmasi qanday tuzilgan?
Og’iz – halqum – qizilo’ngach – oshqozon – Ichak (ingichka, yo’g’on, to’g’ri) – anal tеshigi. 2.
Itning og’iz bo’shlig’ida qaysi a’zolari joylashgan?