37 – 38 o C. 12.
Sutemizuvchilaring osh miyasi nechta bo’limdan
iborat?
beshta. 13.
Sutemizuvchilar bosh miyasining tuzilishi boshqa
hayvonlarnikidan qanday farq qiladi?
Oldingi miya yarimsharlari ancha murakkab tuzilgan. Yarimsharlarning tashqi qavat po’stlog’i burmalarni hosil qiladi, burmalar qancha ko’p bo’lsa miya po’stlog’ida shuncha ko’p hujayralar bo’ladi. 14.
Shartli reflekslar bosh miyaning qaysi qismiga
bog’liq?
Miya po’stlog’iga. 15.
Sutemizuvchilarning qanday sezgi organlari
rivojlangan?
Hid bilish, eshitish, ko’rish, ta’m bilish va tuyg’u organlari. 16.
Hayvonlarda hid bilish organi qanday ahamiyatga
ega?
Yaqinlashayotgan yirtqichni hididan payqaydi. O’z turini, bolalarini, jinsini ham hididan ajratib oladi. 17.
Qaysi hayvonlar hidni yaxshi ajrata olmaydi, biroq
o’ljasiing hidini tez payqaydi?
Dеlfinlar, kitlar, mushuksimonlar. 18.
Qaysi hayvonlarning ko’zi ojiz bo’ladi?
Tuproqda yashaydigan ko’rsichqonlarning. 19.
Sutemizuvchilarning qulog’i qanday bo’limlardan
iborat?
Quloq suprasi, tashqi quloq, o’rta quloq, ichki quloq. 20.
Tashqi quloq nimalardan iborat?
Quloq suprasidan va tovush o’tkazadigan yo’ldan. 21.
Quloq suprasi qanday ahamiyatga ega?
Tovushni kuchaytirish va uning yo’nalishini aniqlash. 22.
Sutemizuvchilarning ko’rish organlari qushlarnikiga
nisbatan qanday rivojlangan?