xordasi umurtqa pog’onasiga aylangan, yurak paydo bo’lgan. 21.
Baliqlardan qaysi hayvonlar va ulardan qanday
hayvonlar kelib chiqqan?
Baliqlardan panjaqanotli baliqlar, ularda esa dastlabki quruqlik hayvonlari – suvda hamda quruqlikda yashovchilar. 22.
Baliqlarning qanday muhitga moslashuvi natijasida
ulardan panjaqanotli baliqlar kelib chiqqan?
Iqlimning quruqlashuvi va suv havzalarining sayozlashuviga moslashishi atijasida. 23.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning kelib
chiqishi baliqlar tanasidagi qanday o’zgarishlar bilan
bo’g’liq?
Baliqlar juft suzgichlarining oyoqlarga aylanishi, o’pka orqali nafas olish va ikkita qon aylanish doirasining paydo bo’lishi bilan. 24.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan qaysi
hayvonlar kelib chiqqan?
Sudralib yuruvchilar. 25.
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday muhitga
moslashuvi natijasida ulardan sudralib yuruvchilar
kelib chiqqan?
Iqlimning quruqlashib borishi natijasida ularning quruqlikda yashashga ko’proq moslashuvi natijasida. 26.
Sudralib yuruvchilar kelib chiqishi suvda hamda
quruqlikda yashovchilar tanasidagi qanday o’zgarishlar
bilan bo’g’liq?
Terining qalinlashuvi, ichki urug’lanish, quruqlikka tuxum qo’yish. 27.
Sudralib yuruvchilarning qadimgi ajdodlari qaysi
hayvonlar bo’lgan?
Qadimgi sovut boshlilar (stegosefallar). 28.
Qanday sabab bilan sovuqqonli sudralib
yuruvchilarning ko’pchiligi qirilib ketgan?
Iqlimning sovib borishi bilan. 29.
Iqlimning sovib borishi bilan sovuqqonli sudralib
yuruvchilarning o’rnini qanday hayvonlar egallagan?