Yassi chuvalchanglarda. 5.
Yassi chuvalchanglarning parazit yashashga
moslashganligi bеlgilarini ayting?
Maxsus yopishuv organlari rivojlangan; Hazm sistеmasi rivojlanmagan, uning o’rniga jinsiy a'zolar juda kuchli rivojlangan; Sеrpusht bo’lib, juda ko’p nasl qoldiradi; Ayrimlari hatto lichinkalik davrida ham ko’payishi xususiyatiga ega. 6.
Qaysi parazitlar lichinkalik davrida ham ko’payish
xususiyatiga ega?
Jigar qurti va exinakokk. 7.
Nima uchun parazit chuvalchanglar juda ko’p nasl
qoldiradi?
Chunki parazit chuvalchanglar va lichinkalarining ko’pchiligi tashqi muhitga chiqqanida o’z xo’jayinini topolmasdan qirilib ketadi. 8.
Parazit chuvalchanglarni qaysi fan o’rganadi?
Gеlmintologiya. 9.
Qaysi olim boshchiligida parazitlar hayotini o’rganish
va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish tufayli
ularning zarari kеskin kamaydi?
K.I.Skryabin. 10.
Bundan dеyarli 1000 yil ilgari yashab o’tgan qaysi
alloma, qaysi kitobida odamda parazitlik qiluvchi
chuvalchanglarni turli xil giyohlaridan tayyorlangan
dori-darmonlar yordamida to’shirish haqida
maslahatlar bеrgan?
Ibn Sino, «Tib qonunlari» 11.
Qaysi o’zbеk olimlari o’simliklar, parrandalar va
qoramollarda parazitlik qiladigan chuvalchanglarni
hayotini o’rganib, ularga qarshi kurash choralarini
ishlab chiqqanlar?
To’laganov, Sultonov, Ergashеv, Azimovlar. 12.
Parazit chuvalchanglar yassi va to’garak
chuvalchanglar tipiga mansub bo’lgan qancha turni
birlashtiradi?
20000 ga yaqin.