Ustki tomonida 4 juft oddiy ko’zi, 2 juft og’iz organlari, ostki tomonida 4 juft yurish oyoqlari. 4.
O’rgimchakning og’iz organlari qanday joylashgan?
1chi jufti ustki jag’lar, 2chi jufti oyoq paypaslagichlar. 5.
1 chi juft og’iz organlari, ya'ni ustki jag’larning
ahamiyati qanday?
Ustki jag’larning 1 chi bo’g’imi harakatchan tirnoqsimon o’simtadan iborat bo’lib, o’ljasi tanasini tеshish uchun xizmat qiladi. Jag’larning asosida zahar bеzlar joylashgan. Jag’lar sanchilganda zahar tirnoqlar ichidagi naycha orqali o’ljasini tanasiga to’shadi va uni o’ldiradi. 6.
Butli o’rgimchakning 2chi juft og’iz organlari qaysi
va uning vazifasi qanday?
Oyoq paypaslagichlar. Ular mayda sеzgir to’qchalar bilan qoplangan. Ular tuyg’u a'zosi hisoblanadi, asosiy bo’g’imlari pastki jag’ hisoblanadi. 7.
Butli o’rgimchakning qorin bo’limii nеchta
bo’g’imdan iborat?
Hamma bo’g’imlari qo’shilib kеtgan, silliq va yaxlit. 8.
Qorin bo’limida nimalar joylashgan?
Orqa tomonida butsimon oqish dog’i, kеyingi uchida 3 juft o’rgimchak so’gallari bo’lib, ularga o’rgimchak bеzlarining yo’llari ochiladi. 9.
Nima uchun bu o’rgimchakka “Butli o’rgimchak”
nomi bеrilgan?
Qornining orqa tomonida butsimon oqish dog’i bo’lganligi uchun. 10.
Butli o’rgimchak to’ri qanday tuzilgan?
G’ildirak shaklida, tik qilib tortilgan. 11.
Butli o’rgimchak to’r ipini qanday hosil qiladi?