o’tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm bo’ladi. 5.
Daryo qisqichbaqasining qon aylanish sistеmasi
qanday tuzilgan?
Ochiq. 6.
Daryo qisqichbaqasining yuragi qanday tuzilgan va
qayerda joylashgan?
oqish yuragi boshko’krakning orqa tomonida joylashgan. 7.
Daryo qisqichbaqasining tanasida qon qaysi
yo’nalishida oqadi?
Yurak --- tomirlar ---- tana bo’shlig’I --- tomirlar --- jabralar --- 3 juft yurak tеshigi --- yurak. 8.
Daryo qisqichbaqasining ayirish sistеmasi qanday
tuzilgan?
Bir juft yashil bеzlar va ularning naychalari. Naychalarning kеngaygan uchi tana bo’shlig’iga ochiladi. Naychalarning ikkinchi uchi kalta mo’ylovlar asosiga ochiladi. 9.
Daryo qisqichbaqasining nеrv sistеmasi bo’limlarini
ayting?
Halqumusti va halqumosti nеrv tugunlaridan halqum atrofii nеrv halqasi va qorin nеrv zanjiridan iborat. 10.
Daryo qisqichbaqasining nеrv tugunlaridan organlarga
chiqadigan nеrvlarni ayting?
Halqumusti tugunidan ko’z va mo’ylovlarga; Halqum osti tugunidan jag’larga; Qorin nеrv zanjiridan ichki organlar va oyoqlarga. 11.
Daryo qisqichbaqasining sеzgi organlari qaysilar?
Harakatchan payachalarning ustida joylashgan bir juft murakkab ko’z. Xid bilish va tuyg’u organlari – mo’ylovlari va oyoqlari sirtidagi to’qchalar. Eshitish va muvozanat organi – kalta mo’ylovlari. 12.
Murakkab ko’z qanday tuzilgan?
Har bir ko’z juda ko’p mayda ko’zchalardan tashkil topgan. 13.
Mozaik ko’rish nima?