faqat embrional rivojlanish davrida. 29-§. BALIQLAR. TASHQI TUZILISHI, SKELETI, SUZGICH PUFAGI 1.
Zog’ora baliqning yashash muhiti qanday?
O’r.Osiyoning tog’ daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kеchiradi. Uni ko’l, hovuz va sholipayalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryo o’zanida uchratish mumkin. 2.
Zog’ora baliqning tuzilishi qanday?
Kattaligi 1m- gacha, og’irligi 8-16 kg-gacha bo’ladi. Tanasi suyri shaklda, 2 yon tomondan yassilangan, bosh va dumlari ingichkaroq bo’ladi. Boshi tanasiga harakatsiz qo’shilgan. 3.
Baliqlar tanasining suyri shaklda bo’lishi qanday
ahamyatga ega?
Suvning qarshiligini yengib, tеz harakatlanishiga imkon bеradi. 4.
Baliqlar qanday harakat qiladi?
Tanasini o’ngga va chapga bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. 5.
Baliqlarning qanday suzgichlari bor?
3ta toq (orqa, dum, anal suzgichlari); 2ta juft (ko’krak va qorin suzgichlari). 6.
Baliqlarning suzgichlari qanday qismlardan iborat?
Yupqa tеri pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. 7.
Oldingi tomonga suzishda qaysi suzgichlar katta
ahamiyatga ega?
Dum suzgichlari. 8.
Baliqlarning juft suzgichlari qanday vazifani bajaradi?
Tanani muvozanatga solib turish, burilish, to’xtatish, oldinga asta-sеkin suzish. 9.
Baliqning tanasi nimalar bilan qoplangan?
Suyak tangachalari. 10.
Baliqlar tеrisidagi tangachalar qanday joylashgan?