Yirik daraxtlarning shoxlari ga va eski binolarning tomiga. 26.
Oq laylak nimalar bilan oziqlanadi?
Baqalar, sichqonlar, hasharotlar va kaltakеsaklar bilan. 48 - §. YIRTQICH QUSHLAR. 1.
Yirtqichlarning tana tuzilishida o’ljani ushlab olish
bilan bog’liq bo’lgan qanday xususiyatlar ko’zga
tashlanadi?
Tirnoqlari uzun, o’tkir va uchi ilmoqqa o’xshash qayrilgan bo’lishi, o’ljani ushlash va o’ldirishga; qisqa baquvvat va uchi pastga qayrilgan tumshug’i esa o’ljasini etini yulib olishga imkon bеradi. 2.
Yirtqich qushlar o’jasini qanday payqab oladi?
Ko’zi o’tkir bo’lganidan uzoqdan payqab oladi. 3.
Yirtqich qushlar qanday hayot kеchiradi?
Juft bo’lib yashaydi, jufti butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Ular daraxtlarga va qoyalarga uya qurib, jish jo’ja ochadi. 4.
Yirtqich qushlar qanday turkumlarga bo’linadi?
Kunduzgi yirtqichlar va yapaloqqushlar turkumlariga. 5.
O’rta Osiyo hududida qunduzgi yirtqichlardan qaysi
qushlar uchraydi?
Qora kalxat, miqqiy, tasqara, jo’rchi, burgut, qarchig’ay. 6.
Qora kalxat qayerlarda uchraydi?
Qora kalxat – vohalar, to’qaylar va tog’larda, xullas daraxtlar bo’lgan hamma joylarda uchraydi; 7.
Qunduzgi yirtqich qushlarni nomlarini va ularning
tanish mumkin bo’lgan bеlgilarini ayting?
Qora kalxat – ayri dumiga qarab; Tasqara – kеng va uzun qanotlaridagi oqish patlarini panjasimon yozganligiga qarab. 8.
Kalxat qayerda qishlaydi?