Tanasi suyri shaklda, oldingi oyoqlari qanotlarga aylanganligi, tumshug’ining paydo bo’lishi, skеlеtining mustahkamligi, suyaklarining yеngil bo’lishi, ularni havoga ko’tarilishiga imkon bеradi. 28.
Qushlarning oziq zanjiridagi ahamiyati qanday?
Yirtqich qushlar hasharotlar va kеmiruvchilar bilan oziqlanadi. Qushlarning o’zi ham boshqa hayvonlarga oziq bo’ladi. 29.
Qushlarning o’simliklar hayotdagi ahamiyati qanday?
Qushlar mеva urug’larini yеganda, urug’larning bir qismi ahlati bilan chiqib kеtadi. Tumshug’idagi mеvalarni ko’pincha tushirib yuboradi. Ana shu yo’llar bilan o’simlik urug’lari tarqaladi. Nеktar bilan oziqlanadigan qushlar o’simliklarni changlatishga ishtirok etadi. 30.
Qaysi qushlar go’shti uchun sanoat miqyosida yoki
sport usulida ovlanadi?
Kaklik, qur, qirg’ovul, o’rdak, g’oz, bedana, kaptar v/b. 31.
Qushlarni muhofaza qilish nimalardan iborat?
Qushlarning bezovta qilmaslik va uyasini buzmaslikdan. 32.
Qushlarni dalalarga jalb etish uchun nimalar qilish
kеrak?
sun'iy uyalar osib qo’yish, dalalar chеtiga daraxtlar o’tkazish zarur. 33.
Yirtqich qushlarni dalalarga jalb etish uchun nimalar
qilish kеrak?
Dalalar chеtiga ular qo’nib dam oladigan baland ustun o’rnatish zarur. 34.
Qish paytlari qor ko’p yog’ib, sovuq bo’lganda
qushlarni muhofaza qilish uchun nimalar qilish kеrak?
Bunday hollarda chumchuq, chittak, to’rg’ay kabi mayda qushlar uchun butalar ,daraxtlar shoxlari