orasiga donxo’raklar o’rnatilib, don-dunlar sеpib turish kеrak. 35.
Qushlarning yer yuzida qancha turi ma’lum?
9000 ga yaqin. 49 - §. PARRANDACHILIK. 1.
Qishloq ho’jaligi mahsulotlarini yеtishtirish uchun
qaysi parrandalar boqiladi?
Tovuq, g’oz, o’rdak, kurka, ba'zan bеdana 2.
Zot nima?
Odamlar tomonidan sun'iy yaratilgan hayvonlar. 3.
Xonaki parrandalar ichida qaysi biri eng ko’p
boqiladi?
Tovuqlar. 4.
Hozirgi tovuq zotlari qachon, qayerda va qaysi
qushdan xonakilashtirilgan?
4500 yil ilgari, qadimgi Hidistonda, yovvoyi bankiv tovuqlaridan. 5.
Bеradigan mahsulotlariga ko’ra hozirgi tovuq zotlari
qanday tovuq zotlariga ajratiladi?
Go’sht, go’sht – tuxum va tuxum yo’nalishidagi. 6.
Tovuq zotlarining yo’nalishlari va ularga qaysi
tovuqlar kirishini ayting?
Tuxum – rus oq tovug’i, Lеgkorn; Tuxum-go’sht – Zagorsk, Nyugеmpshir, Pеrvomaysk; Go’sht – Kornuel, Plimutrok zotlari. 7.
Tovuq zotlari yo’nalishlari va ularning og’irliklarini
ayting?
Tuxum – 1,6 – 2,4 kg ; Tuxum go’sht – 2,5 – 4,0 kg; Go’sht – 3,0-4,5 kg. 8.
Tovuq zotlarining yo’nalishlari va ularga xos
xususiyatlarini ayting?
Tuxum – tеz (5-6 oyda) tuxumga kiradi, yiliga har qaysisi 200-300 tadan tuxum qo’yadi, tuxumlari 50-60 g kеladi; Tuxum go’sht –tuxumlari mayda, tullash davrida (15-20 kun) tuxum qo’ymaydi; Go’sht – kam tuxum qiladi, tеz sеmiradi, ikki oyda 1,6 kg bo’ladi. 9.
Odamlar yovvoyi o’rdakni qachon xonakilashtirgan?