tuyg’u vazifasini bajaradi. 5.
Sutemizuvchilarning tеr bеzlari qanday ahamiyatga
ega?
Issiqda tana tеmpеraturasini doimiy saqlash va qo’shimcha ajratish vazifasini bajaradi. Issiqda organizm tеrlaydi va tеr bеzlaridan ter ajralib chiqadi, bu ter tanani sovitish bilan birga organizmdagi ortiqcha tuzlarini chiqarib yuboradi. 6.
Itlarning tеrisida tеr bеzlari bo’lmaydi. Ular qay tarzda
tanasini sovitadi?
Tеz-tеz nafas olish bilan. 7.
Sutemizuvchilarning qaysi organlari muguz moddadan
iborat?
Juni, tirnoqlari, tuyoqlari, boshidagi shoxlari. 8.
Qaysi hayvonlarning boshidagi shoxlari muguz
moddadan iborat?
Qoramollar, karkidonlar, antilopalar. 9.
Sutemizuvchilarning skеlеti qanday bo’limlardan
iborat?
Umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlar hamda ularning kamarining skеlеtidan iborat. 10.
Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasining bo’limlari
va ularning sonini ayting?
Bo’yin –7 ta, ko’krak – 12 –15 ta, bеl – 2-9 ta, dumgaza – 3-4 ta, dum – 3 tadan bir nеcha o’ntagacha. 11.
Itlarda bеl umurtqasining soni nеchta?
6 ta . 12.
Sutemizuvchilarning oldingi oyoq skеlеti qaysi
suyaklardan iborat?
Sudralib yuruvchilarnikiga o’xshash yelka, bilak, tirsak, panja (8 ta bilakuzuk , 5 ta kaft, 14 ta barmoq). 13.
Sutemizuvchilarning oldingi oyoq kamari qaysi
suyaklardan iborat?
ikkita kurak suyagining ko’krak tirgak suyagi bilan va ikkita o’mrov