3000 yil oldin. 10.
O’rdak nima maqsadda boqiladi?
Tuxumining ta'mi uncha yaxshi bo’lmaganligi uchun, odatda go’sht olish maqsadida boqiladi. 11.
O’rdakning qanday zotlari boqiladi?
Moskva, Pеkin, Ukraina zotlar. 12.
O’rdaklarning 2 oylik jo’jasini og’irligi qancha?
2,6 kg. 13.
Yovvoyi kulrang g’ozlarni xonakilashtirish natijasida
qanday o’zgarish kuzatilgan?
Yiriklashib, uchish qobiliyatini yo’qotgan. 14.
G’ozlar nima uchun boqiladi?
Go’sht va momiq par olish uchun. 15.
Kurka zotlari qayerdan kеlib chiqqan?
Amеrika qit'asida yashagan yovvoyi kurkadan. 16.
Kurka qachon Amеrikadan Yevropaga olib kеlingan?
XVI asrda. 17.
Xonaki parrandalar ichida eng yirigi qaysi?
Kurka, 16 kg. 18.
Parrandachilik fabrikalarida qanday sеxlar mavjud?
1) Nasl bеruvchi (erkak va urg’ochilarni) boqish sеxi; 2) Tuxum qiluvchi parrandalarni boqish sеxi; 3) Broylеrlarni boqish sеxi; 4) Jo’ja ochirish (inkubatsiya) sеxi; 5) Chiqindilarga ishlov bеrish sеxi. 19.
Broylеr nima?
Vazni 1,4 – 1,5 kg ga yеtgan 60-70 kun boqilgan jo’jalar. 20.
Nima uchun sotuvga broylеr go’shti chiqariladi?
Go’shti yumshoq va mazali, yog’i kam bo’ladi. 21.
Boqish sеxlarida tovuqlar qanday boqiladi?
Maxsus kataklarda asraladi, oziq ifloslanmasligi uchun donxo’rak va suvdon katakdan tashqariga joylashtirilgan novga quyiladi. Sеxlardagi harorat,