Abituriyentlarga qulayliklari


Oqsil sintezlanishi uchun jarayonlar ketma ketligi



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə17/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bio masala

Oqsil sintezlanishi uchun jarayonlar ketma ketligi:


1. Xromosomadagi ikki zanjirli DNKning bitta geni joylashgan masofasi RNK – polimeraza fermenti yordamida orasi ochilib, RNK sintezlanadi. Bunda DNKning faqat bitta zanjiri ma’noga ega bo‘lib, ikkinchi DNK zanjiri matritsa vazifasini bajaradi, aynan o‘sha matritsali zanjiridan i-RNK sintezlanadi. Agar DNKning matritsali zanjirida A-G-T-C-A-G-T-A-C-G-T ketma-ketlikdagi nukleotidlar bo‘ladigan bo‘lsa, i-RNK zanjirida --------- U-C-A-G-U-C- A-U-G-C-A nukleotidlar mos kelib sintezlanadi.
Bu jarayonni ya’ni DNK zanjiridan RNK ning sintezlanishini transkripsiya deyiladi.


2. i-RNK sintezlanib bo‘lgach, biroz ajralgan qo‘sh zanjirli DNK yana o‘z holiga qaytadi.

3. Sintezlangan i-RNK yadro teshiklar orqali sitoplazmaga chiqadi va ribosomadagi oqsil sintezini boshlaydi.


4. Bu vaqtda lizosomalar tomonidan parchalangan sitoplazmadagi erkin aminokislotalarni tRNK o‘ziga biriktirib olgan bo‘ladi:


tRNKni akseptor shohobcha yoki aminoatsil uchi deb nomlanadigan uchi mavjud. Aynan tRNK aminoatsil uchi bilan mos aminokislotani biriktiradi.
tRNKning antikodon qismi ham mavjud va antikodon qismi i-RNK kodoniga mos keladi. Antikodon 3 ta nukleotiddan iborat bo‘lib, i-RNK kodoniga birikadi.

5. tRNK o‘ziga biriktirgan aminokislotani olib ribosomaga keladi va ribosomaning A-aminoatsil qismiga kirib (ribosomaning katta subbirligida joylashgan) i-RNKning tegishli kodoni


(tRNK birikadigannukleotidlar uchligi)ga o‘zining antikodon (tRNK antikodon nukleotid uchligi) qismi bilan i-RNK kodoniga birikadi) komplementar birikadi.

6. So‘ngra aminokislotani tutgan tRNK ribosomaga keladi. Bu vaqt ribosomaning A-aminoatsil qismidagi


tRNK va i-RNK birikmasi ribosomaning siljishi tufayli ribosomaning P-qismiga o‘tadi.

7. Ribosomaga kelgan ikkinchi tRNK ribosomaning A-qismiga birikadi va P qismida


1- va 2- aminokislotalar peptid bog‘ini hosil qiladi.
8. tRNKning antikodon tripleti ribosomadagi i-RNK tripletiga komplementar bo‘lib chiqsagina, aminokislota tRNKdan ajraladi.

9. Ribosoma shu ondayoq i-RNK bo‘ylab bir tripletga oldinga «qadam tashlaydi». Oqsil molekulasi yig’ilib but bo’lib borgan sayin ribosoma iRNK bo’ylab surilib boradi. tRNK esa ribosomadan sitoplazmaga chiqarib tashlanadi


10. Ribosoma oldinga surilib olganidan keyin i RNK ga ikkinchi ribosoma kirib keladi u ham xuddi birinchisi kabi sintezni boshlaydi va birinchi ribosoma ketidan yurib boradi. So’ngra iRNK ga uchinchi, to’rtinchi va hokoza ribosomalar kiradi. Ularning hammasi bitta o’sha ishning o’zini bajaradi:


Har biri mazkur iRNK da programmalangan o’sha bir xil oqsilning o’zini sintezlaydi.

11. Ribosoma iRNK bo’ylab qancha surilib borsa, oqsil molekulasining shuncha kattaroq qismi “yig’ilgan” bo’ladi. Ribosoma iRNK ning qarama qarshi tomoniga yetganida sintez tugagan bo’ladi.


12. Ribosoma hosil bo’lgan oqsil bilan birga iRNK dan tushadi.


13. So’ngra ular bir biridan ajraladi, ribosoma istalgan iRNK ga boradi chunki u har qanday oqsil sinnteziga layoqatli bo’ladi; oqsil harakteri iRNK matritsasiga bog’liq.


14. Oqsil molekulasi endoplazmatik to’rga boradi va undan surilib, hujayraning mazkur turdagi oqsil kerak bo’lgan joyiga o’tadi.


15. iRNK ga yangidan yangi ribosomalar kelaveradi va oqsil sintezi to’xtovsiz davom etaveradi. iRNK molekulasiga yetadigan ribosomalar soni shu molekula uzunligiga bog’liq. Masalan gemoglabin oqsili sintezini programmalaydigan iRNK molekulasiga beshtagacha ribosoma joylashadi.



Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin