Abituriyentlarga qulayliklari



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə13/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bio masala

Ribosomaning funksiyasi.
Ribosomaning asosiy funksiyasi informatsion RNK kodi asosida, transport RNK yordamida oqsillarni aminokislota molekulalaridan yig‘adi, sintez qiladi.
Yadrodan sitoplazmaga chiqqan ribosoma endoplazmatik to‘r membranasining tashqi tomoniga va yadroning tashqi membranasiga bog‘lanishi (bog‘langan ribosomalar), sitoplazmada yakka holda
(erkin ribosomalar) yoki bir qancha guruhchalar (poliribosoma) holida bo‘lishi mumkin.
Erkin ribosomalarda --- hujayra o‘z faoliyati uchun zarur oqsillar sintezlanadi (masalan trofik oziq kiritmalari oqsillari);
Biriktirilgan ribosomalarda --- asosan hujayradan tashqariga chiqariladigan (turli oqsil tabiatli gormonlar) va hujayraning qurilishi uchun kerak bo‘lgan oqsillar sintezlanadi.
Ribosomaning kichik subbirligining funksiyasi i-RNKni biriktirish bo‘lsa, katta subbirlikning funksiyasi polipeptid zanjirni sintezlashdir
Ribosomaning katta subbirligida ikkita faol qism bor:
P – peptidil qismi
A – aminoatsil qismi
A – (aminoatsil) qismiga aminokislotani o‘ziga biriktirgan transport RNK birikadi, so‘ng u
P – (peptidil) qismiga o‘tadi, shunda aminokislota o‘zidan oldingi aminokislotaga peptid bog‘i bilan birikadi.
Demak, ribosoma aminoatsil qismiga aminokislotalar birikadi, peptidil qismida aminokislotalar bir-biri bilan peptid zanjirini hosil qiladi. Mitoxondriya va plastidalarda ham ribosomalar mavjud, lekin ular
sitoplazma ribosomalaridan kichikroq, ko‘proq prokariot ribosomalariga o‘xshash.

Ribosomaning tuzilishi.
Matritsali sintez reaksiyalari.

Genetik axborot DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan. Genetik axborot asosida biopolimerlar sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalarga:




DNK sintezi – reduplikatsiya,
RNK sintezi – transkripsiya,
oqsil biosintezi –translatsiya
Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o‘zaro komplementarligi yotadi.
Hujayrada DNK va RNK sintezi
Oqsil odam va hayvonlar oziqasining eng zarur va muhim qismidir. Ovqatda oqsil yetishmasa, uning o‘rnini uglevod yoki yog‘ moddalar bosa olmaydi, chunki oqsil, tarkibida azot atomi tutuvchi aminokislotalardan tuzilgan, asosiy yog‘ va uglevod molekulalarida esa azot bo‘lmaydi. Yog‘lar va uglevodlar organizmda, asosan energetik modda sifatida ahamiyatga ega, oqsil esa birinchi navbatda hujayraning qurilish materiali hisoblanadi. Hujayra komponentlarining tuzilishi uchun zarur plastik material oqsillar va nuklein kislotalar oldindan tayyor, kimyoviy tilda yozilgan ma’lumot asosida o‘ziga xos maxsus mexanizm bo‘yicha sintez qilinadi. Buning uchun fundamental nasliy informatsiya xizmat qiladi. Oldindan mavjud qolip, andoza asosida yangi molekulaning yaratilishi nuklein kislotalarning sintezlanish yo‘lidir. Yangi DNK molekulasining sintezi uchun uning yadroda oldindan tayyor nusxasi bo‘lishi kerak. Bu usuldagi sintez xuddi kitob bosilayotganda harflar yoki belgilarning qolipiga o‘xshash formadan foydalanilishi kabi matritsa asosida sintez deb ataladi. Binobarin, yangi DNK molekulasining sintezi tayyor DNK namunasidan nusxa olishdan iborat va shuning uchun nusxa olish – replikatsiya deb ataladi. Yangi DNK zanjiri tayyor DNKning nusxasiga, matritsasiga qarab tuziladi. Bu jarayonda matritsa vazifasini DNK qo‘sh zanjirining bir ipi bajaradi. Nuklein kislotalarning genetik jarayondagi roli ularning strukturalarida nukleotidlar qatori shaklida yozilgan informatsiyani o‘ziga xos oqsil molekulasida aminokislotalar qatori shaklida amalga oshirilishi bilan yakunlanadi. Bu jarayon genetik axborotni bir tomondan DNK, RNK yo‘nalishidagi oqimi va ikkinchi tomondan ribosomada oqsil sintezini uzviy bog‘lanishlarida mujassamlangan bo‘lib, DNKning replikatsiyasidan boshlanadi.

Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin