Abituriyentlarga qulayliklari



Yüklə 11,57 Mb.
səhifə12/59
tarix25.08.2023
ölçüsü11,57 Mb.
#140474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bio masala

tRNKning tuzilishi
Nuklein kislotalar tarkibi

Komponentlar

RNK

DNK

Fosfat kislota

H3PO4

H3PO4

Uglevod-monosaxarid pentoza

Riboza

Dezoksiriboza

Purin asoslari

Adenin, Guanin

Adenin, Guanin

Pirimidin asoslari

Sitozin, Uratsil

Sitozin, Timin



DNK va RNK ning xususiyatlari

Xususiyatlar

DNK

RNK

Hujayrada uchrashi

Yadro, mitoxondriya, xloroplast

Yadro, ribosoma, sitoplazma, mitoxondriya, xroloplast

Yadroda uchrashi

Xromosomalar

Yadrocha

Tuzilishi

Qo‘sh polinukleotid zanjiri

Yakka polinukleotid zanjiri

Monomerlari

Dezoksiribonukleotidlar

Ribonukleotidlar

Nukleotidlarning tarkibi

Purin asoslari – adenin, guanin pirimidin asoslari – timin, sitozin uglevod – dezoksiriboza, fosfat kislota qoldig‘i

Purin asoslari – adenin, gua- nin pirimidin asoslari – uratsil, sitozin, uglevod – riboza, fosfat kislota qoldig‘i

Sintezlanishi

Komplementarlik asosida, reduplikatsiya

Komplementarlik asosida, transkripsiya

Vazifasi

Genetik axborotni saqlash, ko‘paytirish, nasldan naslga o‘tkazish

Oqsil biosintezida ishtirok etish

Ribosoma.

Oqsil sintezini amalga oshiruvchi membranasiz organoid bo‘lib, eukariot va prokariotlarda ham uchraydi. Lekin prokariotlarning ribosomasi kichikligi va kimyoviy tuzilishi bilan eukariotlarnikidan farq qiladi. O‘lchami taxminan 20x30 nm; hujayrada bir qancha millionlab uchrashi mumkin.


Ribosoma ikkita – katta va kichik subbirlikdan iborat. Har bir subbirlik oqsillar bilan rRNK kompleksidan iborat. Eukariot hujayralardagi ribosoma (80 – subbirlik) katta subbirlik (60 – S) va kichik subbirlik
(40 – S) (lot. Sedimentum – qoldiq, cho‘kma; S – ribosoma oqsillarining cho‘kish koeffitsienti) dan iborat. Prokaroit hujayrasidagi ribosoma (70 – S), katta subbirlik (50 – S) va kichik subbirlik (30 – S) dan iborat. Ribosoma oqsillari sitoplazmadan yadroga poralari orqali kiradi. Yadrochada rRNK va oqsil kompleksidan ribosomalar shakllanadi va yadro membranasining teshiklari orqali sitoplazmaga o‘tib, translyatsiya (oqsil sintezi) jarayonida i-RNK yordamida birlashadi.

Yüklə 11,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin