rRNK (ribosomal RNK) rRNK 100–3100 nukleotiddan iborat, molekulyar massasi 35000–1100000, umumiy RNKlarning 80% ini tashkil qiladi. rRNK ribosomada bo‘lib, oqsil sintezida qatnashadi, ya’ni ribosoma oqsillari bilan birikib, ribosomani tashkil qiladi va ribosomani iRNKda qadam-baqadam siljishini ta’minlaydi.
rRNK – yuksak polimer birikma. U oqsil bilan birikib, xujayra ichida aloxida submikroskopik donalar – ribosomalar hosil qiladi. Ribosoma – oqsil sintezlanadigan fabrikadir unga aminokislotalar yetkazib berib turiladi.
rRNK --- oqsil sintezi jarayonida ribosomalarning iRNK zanjirida qadam- baqadam siljishlari, mexanik xarakatlarini amalga oshiradi.
tRNK (transport RNK) tRNK tarkibiga 75–100 tagacha mononukleotidlardan tashkil topgan, molekulyar massasi 23000–30000, umumiy RNK larning 18% ini tashkil qiladi. Har bir aminokislota uchun spetsifik tRNK mavjud. tRNKning birlamchi strukturasining ayrim qismlaridagi nukleotidlar qo‘sh asoslar tashkil qilib birikishi natijasida «beda bargi» nomi bilan yuritiladigan ikkilamchi struktura kelib chiqadi. tRNK sitoplazmada ma’lum erkin aminokislotani biriktirib ribosomaga tashib keltiradi, tRNKda akseptor uchi va antikodon qismi mavjud. Akseptor uchi bilan aminokislotani biriktiradi, antikodon qismidagi uchta nukleotid (triplet) iRNK kodon (bitta aminokislotani sinteziga javobgar uchta nukleotiddan iborat) qismiga mos keladi. Bundan tashqari tRNK aminokislotani sintezlanayotgan oqsilning qaysi qismiga o‘tirishini ta’minlaydi (adaptorlik funksiyasi).