Allergiyani keltirib chiqaradigan moddalar ….. deyiladi?
Allerginlar deyiladi
Allergiyani keltirib chiqaradigan moddalar nima deyiladi?
Allergiyaning tez rivoj topadigan og’ir shakli hisoblanadigan anafilaktik shokda qaysi gistaminoblokatorlar uncha kor qilmaydi?
Allergiyaning tez rivoj topadigan og‘ir shakli hisoblanadigan
anafilaktik shokda H1—gistaminoblokatorlar uncha kor qilmaydi.
Shuning uchun ham bunday holatlarda qon tomirlarini
toraytiradigan va qon bosimini ko‘taradigan boshqa preparatlar
(adrenalin, noradrenalin va boshqalar tavsiya etiladi).
Allergiya so’zini ma’nosi?
Allergiya so`zi grekcha “alle” sozidan olingan bo`lib,boshqacha, o`zgacha degan manoni bildiradi
Amenoriya qanday kasallik?
Amenoreya (yun. a — inkor qoʻshimchasi, men — oy va rheo — oqaman) — olti oy va undan koʻproq muddat hayz koʻrmaslik. Agar ayol ilgari hayz koʻrmagan boʻlsa, birlamchi, oldin hayz koʻrib yursa-yu, maʼlum vaqtdan soʻng hayz qoni uzoq vaqtgacha yoki butunlay toʻxtab qolsa, ikkilamchi A. boʻladi. Fiziologik A. balogʻatga yetmagan qizlarda, homiladorlik, bola emizish va klimak-teriya davrida uchraydi. Patologik A. ogʻir infeksion kasalliklar (terlama, sil, sepsis), umumiy darmonsizlik, moddalar almashinuvining buzili shi, ichki sekresiya bezlari faoliyatining oʻzgarishi, organizmning zaharlanishi, bachadonga turli eritmalar quyilishi tufayli roʻy beradi. Baʼzan A. da kasallik belgilari kuzatiladi, yuz va boshga qon koʻp kelib, toʻsatdan issiq seziladi, keyinchalik esa et uvushadi, sovuq ter bosadi, quloq shangʻillaydi va boshqa Hayz sikli buzilgan hollarda darhol vrachga uch-rashish va uning koʻrsatmalariga amal qilish lozim.
Аменорея - олти ой ва ундан кўпроқ муддат ҳайз кўрмаслик.
Androgen preparatlardan testosterone propionatining ishlatilishi qanday?
Testosteron erkaklardagi asosiy jinsiy gormon va anabolik steroiddir[1]. Odamlarda testosteron moyaklar va prostata kabi erkaklar reproduktiv toʻqimalarining rivojlanishida asosiy rol oʻynaydi, shuningdek, mushak va suyak massasining koʻpayishi va tana tuklarining oʻsishi kabi ikkilamchi jinsiy xususiyatlarni ragʻbatlantiradi[2]. Bundan tashqari, har ikki jinsdagi testosteron salomatlik va farovonlikda, jumladan, kayfiyat, xulq-atvor va osteoporozning oldini olishda ishtirok etadi[3]. Erkaklarda testosteron darajasining yetarli emasligi anormalliklarga, shu jumladan zaiflik va suyaklarning yemirilishiga olib kelishi mumkin.
Androgen aslida testosteronni, shuningdek, dihidrotestosteron (DHT) va androstenedion kabi boshqa gormonlarni o'z ichiga olgan gormonlar guruhini o'z ichiga olgan kengroq atamadir. Testosteron, o'z navbatida, androgen gormonining o'ziga xos turi bo'lib, u asosan erkaklarda moyaklar va ayollarda tuxumdonlarda kamroq miqdorda ishlab chiqariladi. Xo'sh, bu gormonlar nima qiladi? Androgenlar yuz va tanadagi sochlar, chuqurroq ovoz va mushak massasi kabi erkak xususiyatlarini rivojlantirish va saqlash uchun javobgardir.