Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#182244
1   2   3   4
Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy

Roziy makon va zamonni ham substansiya deb tushunadi, bu bilan ularni materiyadan va bir-biridan ajratadi. Roziyning bundan maqsadi ularning obyektivligini taʼkidlashdir. Roziy bilish nazariyasida moddiy olam hodisalarining inson sezgi aʼzolariga taʼsir etib unda aks etishi, tashqi olam bilish obyekti, inson esa bilish subyekti ekanini taʼkidlaydi: „Sezgi — seziluvchi narsalarning sezuvchiga taʼsiri“. Roziy bilishning eng kuchli quroli sifatida aklga yuqori baho beradi. Uningcha, insonning ijodiy faoliyati fakat aql tufaylidir. „Aql bizni olijanoblikka yetaklaydi, hayotimizni goʻzallashtiradi, maqsadlarimizga yetkazadi“. Roziyning axloqqa oid 3 asari „Kitob tibb arruhoniy“ („Ruhiy tabobat“), „Kitob siyrat alfalsafiya“ („Falsafiy hayot tarzi“), „Maqola fi amorot iliqbol vaddavla“ („Davlatmandlik va baxt-iqbol haqida“) bizgacha yetib kelgan. Roziy Suqrotni axloq sohasida oʻzining va barcha faylasuflarning ustozi deb hisoblaydi. Roziy ratsional (aqliy) gedonizm tarafdori boʻlib, dunyo nozneʼmatlaridan aqlga muvofiq va meʼyor bilan lazzatlanishni yoqlaydi. Oʻrta asr manbalarida Roziy dinning ayrim aqida va tamoyillariga salbiy munosabatda boʻlgani hamda paygʻambarlik haqida aqidaga zid boʻlgan asar yozgani taʼkidlanadi. Lekin, uning tabiiy-ilmiy merosi va falsafiy qarashlari Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari maʼnaviy merosida muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

  • Roziy makon va zamonni ham substansiya deb tushunadi, bu bilan ularni materiyadan va bir-biridan ajratadi. Roziyning bundan maqsadi ularning obyektivligini taʼkidlashdir. Roziy bilish nazariyasida moddiy olam hodisalarining inson sezgi aʼzolariga taʼsir etib unda aks etishi, tashqi olam bilish obyekti, inson esa bilish subyekti ekanini taʼkidlaydi: „Sezgi — seziluvchi narsalarning sezuvchiga taʼsiri“. Roziy bilishning eng kuchli quroli sifatida aklga yuqori baho beradi. Uningcha, insonning ijodiy faoliyati fakat aql tufaylidir. „Aql bizni olijanoblikka yetaklaydi, hayotimizni goʻzallashtiradi, maqsadlarimizga yetkazadi“. Roziyning axloqqa oid 3 asari „Kitob tibb arruhoniy“ („Ruhiy tabobat“), „Kitob siyrat alfalsafiya“ („Falsafiy hayot tarzi“), „Maqola fi amorot iliqbol vaddavla“ („Davlatmandlik va baxt-iqbol haqida“) bizgacha yetib kelgan. Roziy Suqrotni axloq sohasida oʻzining va barcha faylasuflarning ustozi deb hisoblaydi. Roziy ratsional (aqliy) gedonizm tarafdori boʻlib, dunyo nozneʼmatlaridan aqlga muvofiq va meʼyor bilan lazzatlanishni yoqlaydi. Oʻrta asr manbalarida Roziy dinning ayrim aqida va tamoyillariga salbiy munosabatda boʻlgani hamda paygʻambarlik haqida aqidaga zid boʻlgan asar yozgani taʼkidlanadi. Lekin, uning tabiiy-ilmiy merosi va falsafiy qarashlari Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari maʼnaviy merosida muhim ahamiyatga ega boʻlgan.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin