Universial model va uslublarda hisoblash ishlari ko‘p bo‘lib,
loyihalash masalasining hajmi kattalashib ketishi mumkin, shuning
uchun ko‘pgina ALS protseduralarida T— mashina vaqtini sarf
qilish loyihalash xarajatlarini va loyihalashga ketadigan vaqtni oshib
ketishiga olib keladi. Shuning uchun T ni minimallash loyihalash
jarayonidagi muhim talablardan biri hisoblanadi.
Yuqori
universallikka ega, aniq natijali va kam mashina vaqtini
talab qiluvchi matematik ta’minotni yaratish doimo bir-biriga qarama
- qarshi bo‘lib keladi. Shuning uchun matematik ta ’minotning
komponentlari ba’zi bir masalalami hal qilish uchun sifatli bo‘lsa,
boshqa masala uchun kam sifatli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
ALS larda model va uslublaming har xillarini o ‘zida mujassam-
lashtirilgan kutubxonalar tashkil qilish kerak bo‘ladi.
Mashina vaqtini tejash talabidan keyingi talab,
xotira hajmini
tejash talabidir. Bu talab matematik ta’minotning qanchalik
iqtisodlashtirilganligini ko‘rsatadi va tuzilgan dastur uzunligi bilan
xarakterlanadi. Hozirgi davrdagi operativ xotira hajmini sezilarli
darajada katta bo‘lishligiga qaramay, uni tejash aktual masala bo‘lib
qolmoqda. Kompyuterlaming multidasturli ishlash rejimida, katta
xotira hajmini talab qiluvchi masalalar
pastroq ustunlikka ega
bo‘lishi va natijada bu masalalami qayta ishlash vaqti oshib ketishi
kuzatiladi. Bunday murakkablikni yechish uchun tashqi xotiralardan
foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa operativ va tashqi
xotiralaming o ‘zaro m a’lumotlami almashlashlari uchun, T- vaqtni
oshib ketishiga olib keladi.
ALS larni matematik ta’minotlarini
rivojlanishiga, foydalanila-
digan uslub va modellaming iqtisodiyotini oshirishga intilish sezi
larli ta ’sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: