1.1
-rasm. Aniq sinxronlash usulida ulanishining prinsipial sxemasi ΔU, Δf
, ΔΘ- generato va tizm parametrlari farqini nazorat qiluvchi qurilma.
Shunday qilib sinxronlash, quyidagilarga amal qilgan holda bajariladi. Ular
yuqorida keltirilgan ideal shartlardan bir muncha farqlanadi:- generator kuchlanishi
tarmoq kuchlanishidan katta bo`lishi, lekin 5 % dan yuqori bo`lmasligi,
ulangandan keyin generator reaktiv yuklamani o`ziga olishi kerak.
- ulab-uzgichni ulash uchun impuls sinxronoskopning strelkasi qizil chiziqqa
yetgunicha berilishi kerak. Bu burchak ulab-uzgichni ulash vaqtiga mos kelishi va
burchaklar farqi 8-12
0
dan oshmasligi kerak.
- sinxronoskop strelkasi 2-3 ayla/min chastota bilan aylanishi uchun,
generator kuchlanishi chastotasi tarmoq chastotasiga yaqin bo`lishi kerak.
Avariyaviy shartlarda, tizimdagi chastota doimiy bo`lganda, generatorni aniq
sinxronlash bir necha minutga cho`zilishi mumkin.
Shuning uchun chastota va
kuchlanishning pasayishi va tebranishi bilan bog`liq avariyalarni bartaraf etishda,
165 MVt dan kichik quvvatli generatorlarni tarmoqqa ulash o`z-o`zini sinxronlash
usulida amalga oshirilishi kerak. 165 MVt va undan katta quvvatli generatorlarni
o`z-o`zini sinxronlash usuli bilan ulashga tayyorlovchi zavodlar ruhsat bermaydi.
Chunki, bunday ulash momentida katta o`tish toklari hosil bo`ladi.
1.2- rasm. Generator va tizm fazalarini ketma-ketligini tekshirish uchun
prinsipial sxema FKQ-fazalar ketma-ketligini tekshirish qurilmasi
1.1-jadval
Muvozanatlovchi
tok, A
Generator parametrlarining tizim parametrlaridan siljishi
ΔU,V
Δf,Gs
ΔΘ,grad
10
20
30
0,5
1,0
2,0
5
10
20
I
muv
O`z-o`zini sinxronlash usuli bo`yicha generator tarmoqqa qo`zgatishsiz,
aylanish chastotasi sinxronga yaqin bo`lganda ulanadi (sirpanish ±2†5%). Undan
keyin MAS (maydonni avtomatik so`ndirish) ulanishi bilan generator qo`zgatiladi
va 1-2 sek. ichida sinxronizmga tortiladi. Shuntli reostat generatorni ulashdan oldin
salt ishlash xolatiga o`rnatilgan bo`lishi kerak. Normal sharoitda o`z-o`zini
sinxronlash
usuli
barcha
gidrogeneratorlarga,
barcha
turdagi
sinxron
kompensatorlarga, generator-transformator blokli sxema bo`yicha
ishlovchi
bilvosita sovutishli turbogeneratorlarga qo`llasa bo`ladi. Agar stator tokining
simmetrik tashkil etuvchisi 3,5I
nom
dan oshmasa, unda shinalarga ulanadigan
turbogeneratorlarga ham o`z-o`zini sinxronlashni qo`llasa bo`ladi.
Ulash momentida o`z-o`zini sinxronlash toki
'
max
05
,
1
d
t
zap
x
x
U
I
bu yerda x
t
- ulanayotgan generator quvvatiga keltirilgan
tarmoqning nisbiy
qarshiligi, U
nom
- generator kuchlanishiga keltirilgan tarmoqning fazaviy
kuchlanishi.
O`z-o`zini sinxronlash usulining afzalligi soddaligi, generatorni tarmoqqa
ulashni butunlay avtomatlashtirish imkoni borligi, ulashning tezligida.
Kamchiliklari esa: normal holatlarda qo`llashning mumkin emasligi. Chunki
generatorni bevosita shinalarga ulaganda, shinalarga ulangan iste‟molchilarda yo`l
qo`yib bo`lmaydigan kuchlanishlar paydo bo`ladi.