Qisqacha nazariy ma’lumot
. Transformatorlar parallel ishlaganda ularning
birlamchi chulg„ami umumiy tok manbaidan yoki elektr tarmog„idan energiya
oladi va ikkilamchi chulg„amlari umumiy iste‟molchini energiya bilan ta‟minlaydi.
Transformatorlar parallel ishlaganda iste‟molchilarga beriladigan quvvatning
eng katta qiymati ayrim transformatorlarning nominal quvvatlari yig„indisi bilan
aniqlanadi, boshqacha aytganda ularning nominal quvvatlari o„zaro qo„shiladi.
Agar biror korxona podstansiyasida oldin bitta transformator o„rnatilgan bo„lsa,
vaqt o„tishi bilan korxona kengaytirilib yangi sexlar quriladi. Bunda korxonaning
umumiy iste‟molchilarini elektr energiyasi bilan ta‟minlash
uchun bitta
transformatorning quvvati yetmay qoladi. Bunday sharoitda ishlab turgan
transformatorga parallel qilib ikkinchi transformator ulanadi va iste‟molchilar
yetarli energiya bilan ta‟minlanadi.
Quvvati
o„zgarib turadigan korxona podstansiyasida bir nechta
transformatorlarning parallel ishlashi elektr energiyasining iste‟molchilar orasida
tejamli taqsimlanishini va turli hollarda energiya bilan uzluksiz ta‟minlashni
yaxshilaydi. Parallel ishlab turgan transformatorlardan
birortasi ishdan chiqib
qolsa, iste‟molchilar elektr energiyasiz qolmaydi, ishlab turgan transformatorlar
iste‟molchilarni yetarli energiya bilan ta‟minlaydi. Energiya iste‟mol qilish
kamaygan vaqtlarda ba‟zi transformatorlar elektr tarmog„idan uzib qo„yiladi.
Iste‟molchilar quvvatiga qarab parallel ishlaydigan
transformatorlar quvvatini
aniqlash va ularni ratsional ishlatish elektr energiyasi bilan ta‟minlashning foydali
ish koeffitsientini oshiradi.
Parallel
ulangan
transformatorlar
salt
ishlaganda
ham
ularning
chulg„amlaridan tenglashtiruvchi toklar o„tmasligi lozim; yuklama bilan
ishlayotgan transformatorlarda esa iste‟molchilarning quvvati
transformatorlarning
nominal quvvatlariga proporsional taqsimlanishi lozim. Bularga erishish uchun
transformatorlar parallel ulanayotganda quyidagi asosiy shartlar bajarilishi talab
qilinadi:
1. Parallel ulanadigan transformatorning birlamchi chulg„amining
nominal
kuchlanishi ishlab turgan transformatorlarning birlamchi nominal kuchlanishiga
teng bo„lishi kerak; transformatsiya koeffitsienti ham teng bo„lishi lozim:
11
12
13
1
2
3
...
...
U
U
U
K
K
K
Bunda transformatorlarning ikkilamchi kuchlanishlari ham o„zaro teng
bo„ladi. Agar ushbu shart bajarilmasa, hatto ular salt ishlaganda ham
tarnsformatorlarning chulg„amlaridan tenglashtiruvchi tok o„ta boshlaydi. Bu
tokning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
2
1
2
1
22
21
k
k
k
k
t
z
z
U
z
z
U
U
I
bu yerda
U
- kuchlanishlar farqi;
1
k
z
va
2
k
z
- transformatorlarning qisqa tutashuv
qarshiliklari.
2. Parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlar chulg„amlarining
ulanish gruhlari bir xil bo„lishi lozim. Bu shart bajarilganda transformatorlarning
ikkilamchi chulg„am faza kuchlanishlari (yoki EYuKlari) ning vektorlari bir fazada
bo„ladi. Agarda ushbu shart bajarilmasa, ularning ikkilamchi kuchlanishlari o„zaro
ma‟lum burchakka siljiganligi natijasida kuchlanishlar farqi
U
vujudga keladi va
transformatorlar zanjirida tenglashtiruvchi tok o„ta boshlaydi. Bu tok ularning
nominal tokidan bir necha marta katta bo„lishi mumkin.
3. Parallel ulanayotgan va ishlab turgan transformatorlarning qisqa tutashuv
kuchlanishlari o„zaro teng bo„lishi lozim, ya‟ni:
...
%
%
%
3
2
1
k
k
k
u
u
u
Parallel ishlab turgan transformatorlar orasida yuklama toklari ularning qisqa
tutashuv kuchlanishlariga teskari proporsional ravishda taqsimlanadi. Agar bu shart
bajarilmasa, kuchlanishlari teng bo„lmasa ularda yuklama
quvvati qisqa tutashuv
kuchlanishlariga teskari proporsional bo„ladi. Natijada parallel ulangan
transformatorlarning nominal quvvatlari teng bo„lganda ham, ularda yuklama
quvvati barobar taqsimlanmaydi. Bunda qisqa tutashuv kuchlanishining qiymati
kichik transformator yuklamasi nominal qiymatidan katta bo„ladi.
Agar bu
transformator nominal yuklama bilan ishlasa, boshqa transformatorlarning
yuklanishi nominal qiymatdan kichik bo„ladi. Bunda ba‟zi transformatorlarning
nominal quvvatidan to„la foydalanish mumkin bo„lmay qoladi.
Amalda qisqa tutashuv kuchlanishlarining qiymati bir xil bo„lgan
transformatorlarni topish qiyin. Shuning uchun
paralel ulab ishlatiladigan
transformatorlar nominal quvvatlarining nisbati 3 dan katta bo„lmasligi tavsiya
qilinadi. Shunda qisqa tutashuv kuchlanishlarining farqi ±10% dan oshmaydi va
iste‟molchilarning quvvati transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional
taqsimlanadi.
Transformatorlar parallel ulanayotganda yuqorida keltirilgan asosiy
shartlardan
tashqari, ularda faza kuchlanishlari vektorlarining ketma-ket kelishi,
ya‟ni faza almashinishi bir xil bo„lishi lozim. Fazalar almashinishi bir xil
bo„lganda ulanayotgan transformatorning ikkilamchi chulg„amining «a» fazasi va
ishlab turgan transformator ikkilamchi chulg„amining «a» fazasiga ulangan
voltmetr nolni ko„rsatadi.
Transformatorlarni parallel ulashdan oldin fazirovka qilinishi lozim.
4.1-jadval.
Dostları ilə paylaş: