Laboratoriya ishining dasturi.
1. Transformatorlarning parallel ulash shartlarining
nazariy qismi bilan
tanishib chiqing.
2. Transformatorlarni parallel ishga tushirish sxemasini yig„ing
va ishga
tushiring.
3. Transformatorlarning ikkilamchi chulg„amlarining
mos fazalaridagi
kuchlanishni o„lchang.
4. Transformatorlarning vektor diagrammalarini quring.
Ishning bajarish tartibi.
1. Yuqorida 1-jadvalga keltirilgan variantlardagi transformatorlarning
ulanish sxemalarini yig„ing.
2. Har bir variant uchun transformatorlarning ikkilamchi chulg„amlaridagi
mos fazalararo uchun kuchlanishlarni o„lchang hamda vektor diagrammani quring.
O„lchash natijalarini 1-jadvalga kiriting.
4.1-rasm. Transformatorlarning ulanish guruhlari: a) – vektor
diagrammasi;
b) – chulg„amlarning ulanish guruhlari.
Hisobotni rasmiylashtirish.
Hisobotda qo„yidagilar ko„rsatilishi lozim: Transformatorlarning
parallel
ishlashi haqida qisqacha ma‟lumot,
tajriba stedining sxemalari, o`lchov
natijalari
yozilgan jadvallar, laboratoriya ishidan qilingan xulosa.
Sinov savollari.
1. Transformatorlarning parallel ishga tushirish shartlarini tushuntiring?
2. Parallel ishga tushirilayotgan transformatorlarning
quvvatlari teng
bo„lmagan taqdirda yuklamaning taqsimlanishini tushuntiring?
3. Parallel ishga tushirilayotgan transformatorlarning
qisqa tutashuv
kuchlanishlari teng bo„lmagan taqdirda yuklamaning taqsimlanishini tushuntiring?
4. Parallel ishga tushirilayotgan transformatorlarning
ulanish guruhlari teng
bo„lmagan taqdirda nima yuz berishini tushuntiring?
5. Transformatorlarning pasport ma‟lumotlari haqida ma‟lumot bering?
Dostları ilə paylaş: