NAMUNA: LABORATORIYA ISHI “BUOKIMYOVIY ANALIZATOR”NI QIYOSLASHDAN O`TKAZISH. REJA: 1.Kirish. Ishning maqsadi.
2.Nazariy qismi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishish
3.Asosiy qismi. Ishni bajarish uchun zarur asbob va jihozlar:
4.Hulosa. Qiyoslash natijalarini rasmiylashtirish.
1.Ishning maqsadi: Ishning maqsadi, asosan, o'lchov natijalarini qayta ishlash usullarini o'rganish, o'lchov natijasining o'lchangan miqdorning haqiqiy qiymatiga yaqinlik darajasini aniqlash yoki uning o'zgarishi ehtimolini topish, tabiatni aniqlash va tekshirishdan iborat.
2.Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish tartibi va qoidalari bilan tanishish Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar laboratoriya ishlarini bajarish orqali olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi va o’z bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Laboratoriya mashg’ulotlarida o’qituvchi dastlab talabalarni mavzu va ishning maqsadi bilan tanishtirishi lozim. Shundan so’ng talabalar laboratoriya topshiriqlarini bajarish uchun mavzuga oid nazariy ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari talab etiladi. O’qituvchi boshchiligida talabalar laboratoriya topshirig’ini bajarish jarayonida foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar bilan tanishib, ularning tuzilishi va ishlash prinsipini o’rganadilar, shuningdek ulardan amalda foydalanish tartib-qoidalari bilan tanishadilar.
Laboratoriya mashg’ulotlarida berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida talabalar quyidagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari talab etiladi:
1. Laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish vaqtida elektr tokining hayot uchun havfli ekanligini yodda tutish va ehtiyot bo’lish;
2. Laboratoriya xonasida mavjud elktr manbalari va asbobuskunalariga ehtiyotkorlik bilan muomalada bo’lish.
3.Ishni bajarish uchun zarur asbob va jihozlar: 1.Текшириладиган: Qiyoslash ob'ekti: Buokimyoviy analizator (HumaLyzer Primuz) turdagi №601953.