Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr qismi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/30
tarix16.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#181321
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
СПЭҚ Laboratoriya mashg\'ulotlari

 
Laboratoriya ishining dasturi 
1.Kuchlanish transformatori chulg`amlarining himoya qarshiligini o`lchash. 
2.Chulg`am aktiv qarshiligini o`lchash. 
3.Kuchlanish transformatorini ulanish guruhi va qutblanishini tekshirish. 
4.Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsientini o`lchash. 
Laboratoriya ishini bajarish tartibi 
1.Kuchlanish transformatorlarini ko`rib chiqish va uni tashqi ko`rinishda 
mexanik jihatdan zarar yetmaganligiga ishonch hosil qilish. Kuchlanish 
transformatorlarini pasportidagi ko`rsatmalarni yozib olish. 


2.Kuchlanish 1000 V yoki 2500 V bo`lgan megommetr yordamida 
kuchlanish transformatorini har bir chulg`amining himoya qarshiligi bilan korpus 
va qo`shni chulg`amlar oralig`idagi himoya qarshiliklari o`lchanishi lozim:
R (YuK chulg`amlari - PK chulg`amlari) = ….
R (YuK chulg`am - korpus) = …. 
R (PK chulg`am - korpus) = …. 
Boshqa chulg`amlar uchun ham xuddi shunday. 
3.Kuchlanish transformatorlari chulg`amining aktiv qarshiligini Vitson 
ko`prigi yordamida o`lchash. Sxema kontaktlar zichligi va ulangan simlarning 
butunligini hamma holatlariga ko`ra o`lchash. Kuchlanish transformatorining 
kirish chiqish qisqich bilan chulg`amlarni ulashda kontaktlar zichligini tekshirish 
uchun chulg`amlar aktiv qarshiligini o`lchash lozim. 
4.Uch fazali kuchlanish transformatori chulg`amlarining ulanish guruhi va 
bir fazali kuchlanish transformatoridagi chulg`amning qutblanishini tekshirish. 
Kuchlanish transformatorlarda chulg`am qutblanishini ballistik silkinish (usuli) 
yo`li orqali aniqlash. Uch fazali transformator chulg`amining ulanish guruhini 
fazometr yordamida aniqlash. Kuchlanish transformatori chulg`amlarining ulanish 
guruhi odatda: Y/Y -12. 
Qutblanishni aniqlash quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi. Galvanometrni 
past kuchlanish qisqichlariga ulash. Yuqori kuchlanishli qisqichlariga 3V li 
(batareya) manbadan qisqa vaqtli impuls beriladi, qutblanish saqlanadi, 
galvonometrni mos ravishda o`nga og`ishi (+) musbat, teskarisi manfiy (-)manfiy. 
5.Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsientini o`lchash 
quyidagicha: 
2
1
U
U


Sxemani standart yig`ish. Bir fazali kuchlanish transformatori uchun yuqori 
kuchlanish chulg`amiga o`zgaruvchan tokli 220 V kuchlanish beriladi. Yuqori va 
past kuchlanish qisqichlarida kuchlanishni ulash amalga oshiriladi. Shundan so`ng, 
kuchlanish transformatorning transformatsiya koeffitsienti K hisoblanadi. 
Uch fazali kuchlanish transformatori uchun transformatorni yuqori 
kuchlanish chulg`amlariga 220V kuchlanish beriladi va bir vaqtda yuqori va past 
kuchlanish chulg`amlardagi kuchlanishlarni o`lchash amalga oshiriladi. 8.1-
jadvalga o`lchash natijalari qayd etiladi. 
8.1- jadval 
Tr-r 
turi 
A-B 
B-C 
A-C 

U
AB 
U
AB 
K
AB 
U
BC 
U
BC 
K
BC 
U
AC
U
AC
K
AC
Sinov texnika xavfsizligi qoidalariga to`la rioya qilish bilan amalga 
oshiriladi. Sinovlarni o`tkazishda kuchlanish faqat kuchlanish transformatorini 
yuqori chulg`amiga berilishi shart. Shuningdek, kuchlanish past kuchlanishli 


chulg`amga berilsa, u nominal qiymatga nisbatan bir necha marotaba yuqori 
qiymatga ega bo`ladi. 
Kuchlanish transformatorlarini birlamchi chulg`amlariga davlat standartiga 
ko`ra, beriladigan nominal kuchlanishlar quyidagicha: 3 kV, 6 kV, 10 kV, 35 kV, 
110 kV,154 kV, 220 kV, 330 kV, 500 kV, 750 kV. 
Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg`amidagi kuchlanish 100V 
ga teng. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin