Professional va shaxsiy sifat komponentlar Reja: Faoliyatda muvaffaqiyat qozonish



Yüklə 16,09 Kb.
tarix04.04.2023
ölçüsü16,09 Kb.
#93156
Professional va shaxsiy sifat komponentlar


Professional va shaxsiy sifat komponentlar
Reja:


1.Faoliyatda muvaffaqiyat qozonish.


1.Xizmat pillapoyalarida o‘sish. Karera bosqichlari va unga qo‘yiladigan talablar

Aytish mumkinki, yuqorida sanab o’tilgan yetuk shaxsning xususiyatlari yetuk mutaxassis shaxsiga ham to’la mos keladi, biroq mehnat sub’ektining kasbiy yetukligi mehnatga motivasiyalashganlik, faoliyatning aniq bir turiga kasbiy yaroqlilik, uzohni ko’zlagan kasbiy maqsad, qadriyat, dastur, harakat strategiyalarining anglanganligi kabi qator xususiyatlar bilan yanada boyitiladi. Shaxs rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari qator tadqiqotlarning predmetiga aylangan (L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, B.G.Ananev, A.V.Ansiferova, E.Erikson, A.Maslou, K.Rodjers va boshqalar). Qator tadqiqotlarda shaxs rivojlanishi fenomeni uning yosh davrlari bilan bog’lanadi. Mutaxassis shaxsining rivojlanishi nuqtai nazaridan yetuklik davrining psixologik xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi (20-40 yosh, 40-60 yosh, 60-75 yosh). qiziqarlisi shuki, mutaxassis shaxsining shakllanishi yetuklik davrining ilk bosqichidan boshlanadi, lekin 40-60 yoshlarga kelib, o’zining shaxs xususiyatlarini namoyon qila boshlaydi. A.A.Rean ham mualliflar bilan birga qator olimlarning va o’zining izlanishlari natijalari asosida 40-60 yoshlarga kelib shaxsda psixofiziologik funksiyalarning susayishi kuzatiladi, lekin bu kognitiv sohasida aks etmaydi va ish qobiliyatini susaytirmaydi, degan xulosaga keladi. Ayrim qobiliyatlar, ayniqsa, faoliyatning turli shakllari bilan bog’liq qobiliyatlar taraqqiy etishda davom etadi va intellektning rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Bu bosqichda shaxs donishmandga aylanadi - uning dunyoqarashi kengayadi, har qanday hodisalarni chuqur va har tomonlama o’ylab ko’radi, u yoki bu vaziyatning rivojlanishini bashorat qilishi, voqealarni kechishini nazorat qilishi va turli masalalarni ijodiy hal qilishi mumkin. Mualliflarning ta’kidlashicha, bu davrda shaxs intellektual taraqqiyotining xususiyatlari ko’p hollarda uning shaxsiy xarakteri, hayotiy ustanovkalari, rejalari va qadriyatlari tizimiga bog’liq bo’ladi. Etuklik davridagi shaxsning emosional sohasi serqirraligi bilan ajralib turadi, ularda kayfiyatning tez o’zgarishi kuzatiladi. Yoshlik davriga kelib ijobiy emosiya va hissiyotlarni yuzaga keltiruvchi oilaviy hayotning barqarorlashuvi, ruhiy va jismoniy potensialning to’liq namoyon bo’lishi, hayotiy va kasbiy rejalarning amalga oshirish hodisasi sodir bo’la boshlaydi. Shu bilan bir vaqtda, ularning o’z-o’ziga haddan ortiq yuqori yoki past baho berishlari, depressiya, o’zining ijtimoiy


va mehnat mavqeidan qoniqmaslik hissi, stressga barqarorlikni pasayib ketishi bilan kuzatiladi. Mualliflarning ta’kidlashlaricha, motivasiya tuzilishida qisqa vaqt ichida va to’liq shaklda rejalashtirilgan natijalarga erishish istagining kuchi negizida qo’zg’atuvchi ehtiyojlarni qondirishga yo’nalganlik yotadi. Harakatlarni faollashtiruvchi asosiy motivlar - ijodiy potensialni amalga oshirishga intilish, o’zining bilim, tajriba, faoliyat natijalarini kelgusi avlodlarga yetkazish, o’zining va yaqinlarining xavfsizligini ta'minlash, o’zining ijtimoiy va kasbiy mavqeini tartibga keltirish, hayotiy rejalarini amalga oshirishda yaqinlariga yordam berish, keksalik davrida tinch va farovon hayot kechirishga tayyorlanish va boshqalar hisoblanadi. Bu yosh davri uchun hayotga o’zgacha nazar bilan qarash va chuqur mushohada qilish, shaxsiy, oilaviy va kasbiy sohalarda avval qabul qilingan qadriyatlar tizimini qayta ko’rib chiqish kabi xususiyatlar xosdir. Majburiy hayotiy va kasbiy o’zgarishlar faqatgina stressni rivojlanishiga zamin hozirlabgina qolmasdan, balki avval qabul qilingan hayotiy rejalar va motivlarning o’zgarishi, qolaversa ulardan voz kechishga olib kelishi mumkin. Etuklik davrida “Men”-konsepsiyasi shaxsning o’zi va atrof-muhit haqidagi yangi tasavvurlari bilan boyidi. “Men”-konsepsiyasi shaxsning konseptual negizini boyishi natijasida rivojlanadi. Uning asosida axloqiy normalar, huquq va shaxsiy qadriyatlar negizida shaxsning o’zini o’zi faollashtirishi yotadi. Shaxsning o’ziga nisbatan realistik, ongli munosabati uning shaxsiy “Men”iga yo’naltirilgan emosiyalarni boshqarish imkonini beradi. O’z-o’ziga baho berish umumiy xarakterga ega bo’lib, ularning “proeksiyasi” turli vaziyatlarda namoyon bo’ladi. “Men obrazi” ijtimoiy rollarni qabul qilish va shaxsiy mavqeni tiklash bilan bog’liq ravishda boshqa shaxslarning (bolalar, o’quvchilar va boshqalarning) taraqqiyotini ta’minlashga yo’naltirilgan bo’ladi. Etuklik davrida yetakchi faoliyat mehnat hisoblanadi. Kasbiy faoliyatda orttirilgan tajriba muhim ahamiyatga ega. Muloqot va shaxslararo munosabatlarning ahamiyatini kuchaytiruvchi oraliq va boshqaruvchi funksiyalar bilan bog’liq holda kasbiy xulq-atvorning yangi shakllari rivojlanadi va namoyon bo’ladi. Faoliyat sohasining doirasi kengayadi, yangi xulq-atvor strategiyalari yuzaga keladi, shaxsiy mehnat jarayoni va uning natijalariga hamda boshqa mutaxassislarga nisbatan mas’uliyatlilik hissi ortadi. Oilaviy hayotdagi barqarorlik, maqsadga muvofiqlik bilan tavsiflanib, bolalarga va qariyalarga yordam berishga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Mehnat yuklamasining kattaligi, funksional zahiralarning susayishi va unga nisbatan e’tibor hamda vaqtning ishchanlik qobiliyatini qayta tiklashga sarflanishi natijasida shaxsda dam olishni tashkil qilinishi biroz cheklanadi. Demak, yetuklik davrining o’ziga xos tomonlari mehnat faoliyatining muhim ta’sir darajasi, hayotiy va mehnat motivlarining shakllanishi va amalga oshishi, adekvat “Men” - konsepsiyasining tarkib topishi, shaxsiy imkoniyatlarning shaxsiy maqsad va rejalar bilan muvofiqligi, ma’naviy-mazmuniy ustanovkalarning amalga oshishi bilan shartlangan shaxs tuzilishining turli komponentlarini progressiv rivojlanishida aks etadi. qolaversa, bu davrda me’yoriy inqirozlar va shaxs deformasiyasi kuzatiladi, bu esa shaxs taraqqiyotining pozitiv tendensiyasi buzilganligidan, hattoki, shaxs tuzilishidagi ayrim komponentlarning namoyon bo’lishi va holatiga hamda shaxs xulq-atvoriga salbiy ta’sir qilayotganidan dalolat berishi mumkin. Turli yosh davrlarida shaxs psixik taraqqiyoti shaxs tuzilishining u yoki bu komponentlarining o’ziga xos sifatlari va bu jarayonning namoyon bo’lishini ayrim qonuniyatlari bilan cheklanib qolmasdan, aynan:
“ Turli psixik funksiyalar va xususiyatlarning taraqqiyotini nomuvofiqligi (ular o’zlarining yuksalish cho’qqisi, barqarorlik va inqiroz bosqichlariga ega), shu bilan birga taraqqiy etganlik qanchalik past bo’lsa, ikkilanish shunchalik kuchli bo’ladi;
“ Shaxs hayot-faoliyati va psixik faoliyat funksiyalari hamda ta’lim tizimini roli va tuzilishining o’ziga xosligi orqali aniqlanuvchi shaxsning alohida komponentlarini shakllanishining turli vaqtlarda sodir bo’lishi-geteroxronlik fazasi;
“ Psixik faollik tizimini barqarorligini ta’minlovchi, vaqtga bog’liq bo’lmagan holda namoyon bo’luvchi rivojlanishning alohida bosqichlarini beqarorligi;
“ Senzitivlik, ma’lum vaqt davomida tashqi ta’sirlarga nisbatan psixik funksiyalarning ta’sirchanligini ortib ketishi;
" Taraqqiyotning divergentligi-konvergentligi - bunda psixik taraqqiyot jarayonining serqirraligini ortishi va saralashning ortishi bilan tavsiflanadi. Bu qonuniyatlar shaxs kasbiy shakllanishi va uning taraqqiyoti muammosi o’rganilib chiqilgandan so’ng yuqoridagidek tasniflandi.
Yüklə 16,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin