2. Generatorlar gruppasining (stansiyalar gruppasi) boshqa generatorlar
gruppasiga (tizim) nisbatan asinxron yurishi.
Turbogeneratorlar asinxron ish holatiga qo„zg„atishni yo„qotganda yoki
qo„zg„atish tizimini kritik chegaradan tushib ketishi natijasida asinxron momenti
hosil bo„lgandagina o„tadi.
Sinxron elektromagnit moment tushunchasi sifatida generator statorining
aylanuvchi magnit oqimi bilan rotor chulg„amida qo„zg„atish tokining oqishidan
hosil bo„luvchi magnit oqimlarning o„zaro ta‟sirining natijasi tushuniladi.
Generatorlarning turg„un sinxron ishlashi mobaynida ushbu moment turbinaning
aylanish momentiga nisbatan tormozlovchi hisobalanadi. Qo„zg„atishni yo„qotish
yoki tushib ketishi natijasida sinxron momentni yo„qotilishi yoki turbinaning
aylanish momentidan tushib ketishidan generator rotorining aylanish chastotasi
ortadi hamda statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan rotorning
sirpanishi vujudga keladi. Buning natijasida barcha yopiq rotorli konturlarda stator
tomonidan sirpanish chastotasiga ega bo„lgan toklar hosil bo„ladi. Ushbu toklar
tormozlovchi asinxron moment hosil qiladi va ushbu momentning maksimumi
turbina hosil qilayotgan momentdan katta bo„lsa rotorning tezlanishi to„xtaydi
hamda generator tarmoqqa asinxron rejimda aktiv quvvat beradi.
Dostları ilə paylaş: