bo„ladi. Agarda ushbu shart bajarilmasa, ularning ikkilamchi kuchlanishlari o„zaro
ma‟lum burchakka siljiganligi natijasida kuchlanishlar farqi
U
vujudga keladi va
transformatorlar zanjirida tenglashtiruvchi tok o„ta boshlaydi. Bu tok ularning
nominal tokidan bir necha marta katta bo„lishi mumkin.
3. Parallel ulanayotgan va ishlab turgan transformatorlarning qisqa tutashuv
kuchlanishlari o„zaro teng bo„lishi lozim, ya‟ni:
...
%
%
%
3
2
1
k
k
k
u
u
u
Parallel ishlab turgan transformatorlar orasida yuklama toklari ularning qisqa
tutashuv kuchlanishlariga teskari proporsional ravishda taqsimlanadi. Agar bu shart
bajarilmasa, kuchlanishlari teng bo„lmasa ularda yuklama quvvati qisqa tutashuv
kuchlanishlariga teskari proporsional bo„ladi. Natijada parallel ulangan
transformatorlarning nominal quvvatlari teng bo„lganda ham, ularda yuklama
quvvati barobar taqsimlanmaydi. Bunda qisqa tutashuv kuchlanishining qiymati
kichik transformator yuklamasi nominal qiymatidan katta bo„ladi. Agar bu
transformator nominal yuklama bilan ishlasa, boshqa transformatorlarning
yuklanishi nominal qiymatdan kichik bo„ladi. Bunda ba‟zi transformatorlarning
nominal quvvatidan to„la foydalanish mumkin bo„lmay qoladi.
Amalda qisqa tutashuv kuchlanishlarining qiymati bir xil bo„lgan
transformatorlarni topish qiyin. Shuning uchun paralel ulab ishlatiladigan
transformatorlar nominal quvvatlarining nisbati 3 dan katta bo„lmasligi tavsiya
qilinadi. Shunda qisqa tutashuv kuchlanishlarining farqi ±10% dan oshmaydi va
iste‟molchilarning quvvati transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional
taqsimlanadi.
Transformatorlar parallel ulanayotganda yuqorida keltirilgan asosiy
shartlardan tashqari, ularda faza kuchlanishlari vektorlarining ketma-ket kelishi,
ya‟ni faza almashinishi bir xil bo„lishi lozim. Fazalar almashinishi bir xil
bo„lganda ulanayotgan transformatorning ikkilamchi chulg„amining «a» fazasi va
ishlab turgan transformator ikkilamchi chulg„amining «a» fazasiga ulangan
voltmetr nolni ko„rsatadi.
Transformatorlarni parallel ulashdan oldin fazirovka qilinishi lozim.
4.1-jadval.
Dostları ilə paylaş: