2.Kuchlanish 1000 V yoki 2500 V bo`lgan megommetr yordamida
kuchlanish transformatorini har bir chulg`amining himoya qarshiligi bilan
korpus
va qo`shni chulg`amlar oralig`idagi himoya qarshiliklari o`lchanishi lozim:
R (YuK chulg`amlari - PK chulg`amlari) = ….
R (YuK chulg`am - korpus) = ….
R (PK chulg`am - korpus) = ….
Boshqa chulg`amlar uchun ham xuddi shunday.
3.Kuchlanish transformatorlari chulg`amining aktiv qarshiligini Vitson
ko`prigi yordamida o`lchash. Sxema kontaktlar zichligi va ulangan simlarning
butunligini hamma holatlariga ko`ra o`lchash. Kuchlanish
transformatorining
kirish chiqish qisqich bilan chulg`amlarni ulashda kontaktlar zichligini tekshirish
uchun chulg`amlar aktiv qarshiligini o`lchash lozim.
4.Uch fazali kuchlanish transformatori chulg`amlarining ulanish guruhi va
bir fazali kuchlanish transformatoridagi chulg`amning qutblanishini tekshirish.
Kuchlanish transformatorlarda chulg`am qutblanishini ballistik silkinish (usuli)
yo`li orqali aniqlash. Uch fazali transformator chulg`amining
ulanish guruhini
fazometr yordamida aniqlash. Kuchlanish transformatori chulg`amlarining ulanish
guruhi odatda: Y/Y -12.
Qutblanishni aniqlash quyidagi ketma-ketlikda o`tkaziladi. Galvanometrni
past kuchlanish qisqichlariga ulash. Yuqori kuchlanishli qisqichlariga 3V li
(batareya) manbadan qisqa vaqtli impuls beriladi,
qutblanish saqlanadi,
galvonometrni mos ravishda o`nga og`ishi (+) musbat, teskarisi manfiy (-)manfiy.
5.Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsientini o`lchash
quyidagicha:
2
1
U
U
Sxemani standart yig`ish. Bir fazali kuchlanish transformatori uchun yuqori
kuchlanish chulg`amiga o`zgaruvchan tokli 220 V kuchlanish beriladi. Yuqori va
past kuchlanish qisqichlarida kuchlanishni ulash amalga oshiriladi. Shundan so`ng,
kuchlanish transformatorning transformatsiya koeffitsienti K hisoblanadi.
Uch fazali kuchlanish transformatori uchun transformatorni yuqori
kuchlanish chulg`amlariga 220V kuchlanish beriladi va
bir vaqtda yuqori va past
kuchlanish chulg`amlardagi kuchlanishlarni o`lchash amalga oshiriladi. 8.1-
jadvalga o`lchash natijalari qayd etiladi.
8.1- jadval
Tr-r
turi
A-B
B-C
A-C
K
U
AB
U
AB
K
AB
U
BC
U
BC
K
BC
U
AC
U
AC
K
AC
Sinov texnika xavfsizligi qoidalariga to`la rioya qilish bilan amalga
oshiriladi. Sinovlarni o`tkazishda kuchlanish faqat kuchlanish transformatorini
yuqori chulg`amiga berilishi shart.
Shuningdek, kuchlanish past kuchlanishli
chulg`amga berilsa, u nominal qiymatga nisbatan bir necha marotaba yuqori
qiymatga ega bo`ladi.
Kuchlanish transformatorlarini birlamchi chulg`amlariga
davlat standartiga
ko`ra, beriladigan nominal kuchlanishlar quyidagicha: 3 kV, 6 kV, 10 kV, 35 kV,
110 kV,154 kV, 220 kV, 330 kV, 500 kV, 750 kV.
Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg`amidagi kuchlanish 100V
ga teng.
Dostları ilə paylaş: