Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki “Al osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya” asari Reja Kirish



Yüklə 30,05 Kb.
səhifə5/8
tarix16.06.2023
ölçüsü30,05 Kb.
#131350
1   2   3   4   5   6   7   8
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” yoki

Al-fir qo’rg’oni haqida


Al-Fir — Xorazm shahrining chekkasidagi loy va xom g’ishtdan qurilgan qal’a bo’lib bir-birining ichiga joylashgan va balandlikda bir-biridan qolishmaydigan uch qavat qo’rg’on edi. Bu barcha qo’rg’onlar tepasida Yamandagi G’umdon singari podshohlarning qasrlari bor edi.

Qachon maqtanarli bo’ladi?


Oltin va kumush qadri odamlar orasida tabiiy suvratda emas, balki sun’iy suvratda bo’ladi. Chunki bu ikkalasi tosh bo’lib, odamni ochlikdan to’yg’aza olmaydi, tashnalikni qondirolmaydi, zararni daf qilolmaydi. Mashaqqatdan saqlay olmaydi. Ovqat sifatida manfaati bo’lmay, insonni tiklay olmagan va uning turini boqiy qondirolmagan, kiyim bo’lib odamlarni o’rab asray olmagan, issiq-sovuq qiyinchiliklardan saqlay olmagan va pana yer sifatida saqlanishga yordam berolmaydigan har bir narsa tabiatan maqtanarli emas. Basharti, maqtovga sazovor bo’lguday bo’lsa ham, u tabiiy ravishda maqtalmaydi, balki hayotda zarur bo’lib, boshqaning ehtiyoji tushadigan narsa uning yordamida bo’lsa, shundagina maqtaladi.
Ko’pchilik kishilarning tabiatini pastkash qiladigan yomon xulqdan, haqiqatni ko’rishga imkon bermaydigan omillardan o’zni tozalagach, ularning isbot uchun keltirgan so’z va e’tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi. Mana shu aytib o’tganim haqiqiy maqsadga yetkazuvchi eng yaxshi yo’l va bunga dog’ tushiruvchi shak-shubhani yuvib tashlash uchun eng ishonchli yordamchidir. Garchi qattiq urinib, zo’r mashaqqat cheksak ham, o’shandan boshqa yo’l bilan maqsadga erisholmaymiz.
Ilmlarning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir.

Suqrotning javobi


Qadimgi yunonlarda teriga yozish odati bo’lmagan edi. Keltirilishicha, Suqrotdan bu haqda so’rashganda: “Ilmni tirik kishilar qalblaridan o’lik qo’ylarning terlariga ko’chirmayman”, degan ekan.

Yomonning kasofati


Bir kishi, ittifoqo, o’zi tanimagan bir guruh bilan hamroh bo’lib qoldi. Bu kimsalar qaroqchilar bo’lib, bir qishloqni bosib, xarob qilib qaytayotgan edilar. U kishi o’g’rilar bilan birga biroz yo’l bosgach, qasoskorlar yetib kelib, ularni qo’lga oldi. Bu kishi garchi o’g’rilarga sherik bo’lmasa ham, ularga qo’shilgani uchun azobga duchor bo’ldi.

Nomus


Malika Kleopatra (o’z o’lkasiga yopirilib kelayotgan) dushman bo’lmish Avgust qo’liga tushib, nomusi poymol bo’lishidan qo’rqib, ikkala ko’kragiga zaharli ilon qo’ygan ekan. Uning huzuriga kirishganda, u toj kiyib boshi bilan o’ng qo’liga suyanganicha o’tirganmish. Shu ko’yi dushman qo’liga tushib sharmanda bo’lmasdan, obro’sini saqlab qolgan ekan.

Yüklə 30,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin