Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 5
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
877
w
www.oriens.uz
June
2021
11110 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani
koʻrinadi”
3
. U Hindistonda „Hindiston“ asari uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030-
yil yozib tugatdi. Oʻsha yili Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Mas’ud
taxtga chiqdi. Mas’ud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi.
Shu sababli, Beruniy
oʻzining shoh asarini Mas’udga bagʻishlab „Qonuni Mas’udiy“, deb atadi. Bu asar
asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham, Beruniyning matematikaga oid, yaʼni
trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan
anchagina kashfiyotlari shu
asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga
qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin.
Ulardan eng yiriklari „Hindiston”, “Qonuni Mas’udiy“, „Geodeziya“,
„Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin:
matematikaga doirlari 22 ta; astronomik asboblar haqida 10 ta; astrologiklari 21 ta;
turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) - 38 ta; turli tillardan
tarjima asarlar 21 ta”
4
. “Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning
kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp
vaqtini turli kuzatishlar
bilan oʻtkazgan. U bolalik chog’idayoq astronomik asbob yasagan. Xorazmning
turli joylar koordinatalarini aniqlash bilan shugʻullangan va 995-996-yillarda Kat
shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr chamasida)
boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini olib borgan.
Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 ga yaqini yetib
kelgan”
5
. Jami asarlarining 70
tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi
geografiya va geodeziyaga, 4
tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi
dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga
bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini oʻrgandi, bundan tashqari, fors,
arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla
oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi,
Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha u
astronomiya,
geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga
yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.
Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan.
Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini
belgilash“
6
ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer
aylanasining kattaligini
3
Falsafa ensiklopedik lug’at. – T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010. – B. 214.
4
Mamatov N., Hojeboyev A., Yo’ldoshev S. Falsafa. – T.: Sharq, 2005. – B. 55.
5
Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Sulaymonov J. Yangi va eng yangi davr Sharq falsafasi. – T.: TDSHI, 2013.
– B. 93.
6
Beruniy “Geodeziya”. – Т.: Fan, 1966. – B. 38.