Volume – 6_ Issue-2_May_2022 113 lozimligini uqtiradi. Zotan, o‘quvchi-talabaga mehr-muhabbatli bo’lish ta’lm-
tarbiya mezonidir. Beruniy o‘qitish jarayoni muallimning o‘qib-o‘rgatishi,
takrorlashi bilan bevosita bog’liq ekanini alohida uqtiradi. Shuningdek, u kitob
o‘qishning usul va metodlariga alohida e’tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas,
balki fikrlab, kichik-kichik bo’limlarga bo’lib o‘qish, hamma o‘qilgan joylarini
umumlashtirib, qayta o‘qish haqida didaktik mulohazalar bildiradi. Beruniy
o‘qitishga faqat induktiv yo‘l bilangina emas, balki deduktiv yo’l bilan ish tutish
lozimligini ta’kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni o‘z joyida qo’llamoq
zarurligini yaxshi bilgani ko‘rinib turibdi. Bunday o‘qish tafakkurni o‘stirib,
bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimlarni boyitadi.Abu Rayhon Beruniy
dastlab o‘quvchi-talabaning ongli o‘qishi, matnning hajmi kichik, mazmuni sodda,
keyinchalik esa hajmni katta mazmuni murakkabroq bo‘lganlarini o‘qishga
kirishishi, o‘qish jarayonida taqqoslash, qiyoslashga e’tibor berish talabalarning
ongli bo’lishiga asos solishini eslatib o‘tgan. Olim o‘qilganlarning hammasini
qaytarib o‘qish deganda, asosan, xato qilmay, so‘zlarni buzmay, ortiqcha tovush
ishlatmay, bo‘g‘inlarni tushirib qoldirmay, so‘z urg‘usini o‘z o‘mida qo’llab to‘g‘ri
o‘qishni ta’kidlaydi. O ‘qishning tez, to‘g‘ri va ifodali bo’lishi, o‘qish davomida
bolaning o‘z-o‘zini tuzatib borishi xatosiz o‘qishga yordam beradi. Bunday o‘qishda
asosiy mazmunini tushunib so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib va ifoda etilgan
voqealarning ichki va tashqi mohiyatini anglab o‘qishni ta’kidlaydi., Hozirgi vaqtda
o‘quvchi-talabaning savodli o‘qishida to‘rtta asosiy tarkibiy qism, ayniqsa,
ahamiyatlidir. Bular ongli, ifodali, to‘g‘ri va tez o‘qishdir. Ular o‘zaro ichki
bog’lanish motivlariga ega.O‘rta asrning buyuk donishmandi Beruniy o‘qish haqida
ana
shu
o‘zaro
bog’liqlik
o‘quvchi-talabalarning
o‘qish
faoliyatini
mukammallashtirishga, rivojlantirishga imkon yaratishini nazarda tutgan edi. Abu
Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashni ustun qo‘yadi, shu bilan birga, bilim berish
xilma-xil yoki bilan, eng muhimi, o‘quvchi talabani toliqtirmasdan,
charchatmasdan turli vositalar bilan o‘quvchi xotirasini kuchaytirish, tafakkurini
boyitish va bilishni chuqurlata borish orqali amalga oshirilishi zarurligini uqtiradi.
U haqiqiy maqsadga erishish uchun yo’lini to‘sib turgan hamma noaniqliklar va