Volume – 6_ Issue-2_May_2022 115 xazinasida pul jamg’armalarini bo’lishini va ulami davlat vazifalarini bajarish
hamda mukofotlar uchun sarflanishi zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Beruniy
oltin, kumush va qimmatbaho toshlarning jamg‘arilishi tufayli turli xil yovuzliklar,
jinoyatlar, insonning haq-huquqini kamsituvchi g’ayritabiiy xatti-harakatlar sodir
bo’lishini qoralaydi. Shu munosabat bilan Beruniy o‘ziga zamondosh shoir Ahmad
ibn Forisning quyidagi she’rini dalil sifatida keltiradi: Kishiga faqat uning
dirhamlariga qarab baho berishadi. Biron kishida (aqalli) ikki dirham bo’lmasa, unga
o‘zining qaylig’i ham boqmay qo‘yadi. Shu qadar xo ‘rlanadiki, unga nafrat bilan
qaraydi. Hatto (begona) mushuklar ham uni bulg‘ab ketadi. Ravshanki, pul va
boyliklar o‘rtasidagi mulkiy notenglik-ziqnalik, yolg‘onchilik, munofiqlik va
hushomadgo’ylikni, ayniqsa, kishilarning o‘z bilimlariga, qobiliyatlari va axloqiy
xislatlariga muvofiq bo’lmagan yuksak mavqeyini egallashlariga olib kelishi
mumkin. Alloma ijtimoiy adolatga zo‘ravonlik va inson qadr-qimmatini tahqirlashni
qarshi qo‘yadi: «Agar adolat butun kamolatning majmui bo’lsa, yomonlik - uning
qarama-qarshisidir, butun nuqsonlaming yig‘indisidir», - deb ta’kidlaydi. Olimning
uqtirishicha, ba’zilar adolat niqobi ostida tuban va yaramas ishlar bilan
shug‘ullanadilar. Beruniy bunday yomonliklar-u, falokatlarning sababchisi
adolatsizlik va qonunsizlikdir, deb tushunadi. Beruniy har qanday zo‘rlik va
adolatsizlik, istibdod va shafqatsizlikning ashaddiy dushmani edi, u faqat ijtimoiy
jihatdagina emas, balki bu masalaga axloqiy-huquqiy nuqtayi nazardan ham
yondashadi. Alloma jamiyatdagi axloqsizlikning eng yomon ko‘rinishi zo‘ravonlik
va o‘g‘irlikdir, deb bunday toifadagi kishilarni jazolash va qayta tarbiyalash
yo’llarini ko‘rsatadiki, bu olimning insonparvar qonunshunos ekanligini tasdiqlaydi:
«O‘g‘irlikka kelsak - o‘g‘irlangan narsaning miqdoriga qarab jazo beriladi. Ba’zan
zo‘r darajada va o‘rta darajada xalqlarga ibrat bo’ladigandek jazo berib, goho
qiynash va tovon to’latishga, goho xalq o‘rtasiga chiqarib yoyish va oshkora qilish
bilan to‘xtatiladi». Beruniy bunday kishilarning axloqiy qiyofasini fosh etar ekan,
«Ular o‘z tubanliklari tufayli baxt-saodatga yolg‘on-yashiq» yordamida erishishga
intiladilar. Ular yomonlikdan hadiksirab yoki jur’atsizlik va qo‘rquv oqibatida
yolg‘on gapiradilar. Hatto ular razolatdan aslo tap tortmaydilar, uyat va or-nomus