Abu rayhon beruniyning pedagogik qarashlari


Beruniyning didaktik g`oyalari



Yüklə 32,6 Kb.
səhifə4/5
tarix06.04.2023
ölçüsü32,6 Kb.
#93988
1   2   3   4   5
ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

4 Beruniyning didaktik g`oyalari
Nihoyatda keng bilimli va o`tkir mushohadali, ilmning turli sohalarini mukammal egallagan Beruniy yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash masalalariga ham jiddiy e`tabor bergan. U pedagogika bo`yicha maxsus asar yozmagan bo`lsa-da, falsafa, psixologiya, ijtimoiy masalalarni tahlil qilishda ta`lim-tarbiya, ilm-ma`rifat va odob-axloq haqidagi fikrlarini asosli ravishda bayon etgan. U eng avval, insonning baxti va fazilati ilmdadir, degan g`oyani ilgari surgan. Beruniy ilmlar insonning ehtiyojidan paydo bo`lganini aytib, ularni quyidagicha ta`riflagan: “Musiqa ― insonga kuchli ta`sir etib, yoqimli kayfiyat bag`ishlaydi; til― nutqning tarozisi va muomala qurolidir; geodeziya ― harakatsiz yulduz va quyosh orqali shaharlarning joylashishini mukammal o`rgatadi; geologiya, geografiya va gidrologiya ― yer haqidagi fanlardir; geometriya ― jismlarning shakllarini; falakiyot ― koinot sirlarini; minerologiya ― javohir va la`llarni o`rgatadi; dorishunoslik ― tibbiyot ilmlaridan xabardor qiladi. Beruniy fanlarni ta`riflash bilan birga ularni o`qitishning quyidagi muammolarini bayon etgan: Ta`limda o`qituvchini zeriktirmaslik uchun o`rganiladigan fanlarni almashtirib turish kerak. O`quvchi fandan – fanga o`tib tursa turli bog`larda yurganga o`xshaydi. Birini ko`rib ulgurmay, boshqasi boshlanadi va u “Har bir narsada o`ziga o`ziga yarasha lazzat bor” deyilganidek, ularga qiziqadi va o`qishni istaydi. Bir narsaning bayoni bolani charchatadi va xotirasida hech nimani saqlay olmaydi. Beruniy ilmni quyidagi uch yo`l bilan hosil bo`lishini alohida uqtirgan: 1. Har bir ilm va san`atning borib taqaladigan boshlanish joyi bor. Shuni to`g`ri boshlash zarur. 2. Ilm boshlanish joyiga yaqinlashgan sari to o`ziga borib yetguncha soddalashtirib borish. 3. Ilm o`rganish va sabrni talab etadi. Shoshilish kerak emas. Beruniy ilm ahlini hurmat qilinsagina, ilmlar yanada rivojlanib ketishini qayta-qayta uqtirgan edi. O`zi esa juda ko`p olim va podsholarga saboq ham bergan. Beruniyning tolmas zakovatidan Sulton Mas`ud ham bahra olgan, ya`ni undan falakiyotshunoslik ilmini o`rgangan. Beruniy tahlilidagi darsliklar g`oyat tushunarli, sodda bo`lib, ilmga cheksiz muhabbat uyg`otgan. Beruniy Sulton Mas`udga bolalar uchun kitob yaratishda quyidagilarga e`tibor berish zarurligini aytgan:
1. Kitob yozgan muallif uni o`qishli qilib yoza bilishi kerak
2. Bunday kitoblar ko`p bilimlarni jamlagan va mutolaa uchun qulay, yengil o`qiladigan bo`lishi lozim.
3. Hozirgi munajjimlarning kitob bitishlarida boshqa usul va iboralarni qo`llash zarur.
Beruniy “Hindiston” nomli asarida hindlarning urf – odatlari bilan birga, ularning o`qitish usullari haqida ham qimmatli ma`lumotlarni keltirgan. Beruniy ilmsiz kishilarning ko`ngli xurofotga moyil bo`lishini, yolg`on xuddi suv yuzidagi ko`pikdek yo`q bo`lib ketishini ta`kidlab, ana shu fikrlarning to`g`riligini qator asarlarida turli voqea va hodisalarni bayon qilish orqali isbotlagan. Beruniyning fikricha, insonlar hayotidagi zarurat va ehtiyojlar ularda ilm olish uchun talablarni keltirib chiqardi. Shu talablarga ko`ra, ilm har xil tarmoqlarga bo`linadi. Ilm insonga boylik orttirish uchun emas, balki o`zi qiziqqan va zarur narsalarni bilish uchun kerak. Beruniy ilmni keyingi avlodlarga yetkazuvchi vosita til, deb hisoblagan va uning ahamiyatini asoslab bergan. “Til ― so`zlovchining istagini eshituvchiga yetkazadigan tarjimondir... Agar insondagi so`zlash quvvati hamma joyga shamol singari yoyilmaganda va zamonlarga narsalar singari o`tuvchi xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda o`tmish zamon xabarlarini keyingi avlod qayerdan bilar edi”, deb yozgan. Beruniy xat yozish tarixini quyidagicha bayon etgan: Islomshunos allomalar dastlabki paytlarda islom qoidalarini oshlangan terilarga yozganlar. Masalan, haybarli yahudiylar bilan tuzilgan shartnoma, payg`ambarning Eron podshohi Xisravga yozgan maktublari ham shunday terilarga yozilgan. Shunga o`xshash, Qur`on va Tavrot ham kiyik terisiga yozilgan edi. Asl qog`ozni samarqandlik bir asir olingan olim kashf etgan. Beruniy “Hindiston” asarida kishilarning xatlariga quyidagicha fikrlar bildirgan edi. Hindlarning xatlari eskirib unutilgan, hech bir kishi bunga ahamiyat bermagan. Nihoyat, ular savodsiz bo`lib qolganlar. Natijada ular ilmdan uzoqlashganlar. Oqibatda V`yosa ibn Paroshara ular ishlayotgan ellikta harfni ijod etganlar. Ularga “ akshara” deb nom berganlar. Asezas va hikmatni abadiy (dunyoda) qoldirish uchun oltita raqam shaklini ko`rsatdi. Bu
Bani Isroilning hukmronlik davriga tog`ri kelgan edi. Keyinroq Komush va Lgenon haligi harflarni yunonlarga olib keldi. Olim Simonides bu harflarga yana 4 harf qo`shdi. Afinaliklar esa 24 ta harfdan foydalanganlar. Hindlarda (alifbeda) harflarning soni ancha ko`pdir. Abu Rayhon Beruniyning fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo`lganligini tushuntirganda Xudoga murojaat qilib, insonni Xudo azaldan shunday yaratgan deydi. Beruniyning ruhiy va moddiy extiyojlarning roli haqidagi fikri o`sha davr uchun nixoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko`ra oladi. Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o`z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e'tibor bergan. Har bir axloqan barkamol inson o’zining turmush tarzini uyg’un, go’zal eta oladi. Uyg’unlik, go’zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan muhimi - ozodlik, tarbiyalilik bo`lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi, deydi. Shuning uchun inson o’z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb ko’rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go’zalligi, turmush tarzidagi go’zallikning uyg’un bo’lishi talab etiladi. Bunga inson kiyadigan kiyimidan kundalik turmushdagi yurish-turishi, so’zi, qalbi, qilgan ishi – hammasining go’zal bo’lishi ta'kidlangan. Har bir shaxsda sharm-hayo, ozodalik, nafis did, iffat, latofat, shirinsuxanlikning tarkib topishi turmushning go’zal bo`lishiga olib keladi. Olimning inson turmushiga xos hulq-odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina haqiqiy kamolotga erishishi mumkin. U ozodlikni olijanoblik bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur, deb ta'kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi, har bir etuk inson uchun zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo`lishi zarur, deydi. «Minerologiya» asarida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi: «Inson o’z ehtiroslariga hukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir» Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi. Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta'kidlaydi. Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak, deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya an'anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Buni E.To’raqulov va S.Rahimov «Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida» nomli risolalarida juda yaxshi bayon etganlar. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo`lgan. Shuning uchun ham o’sha davrda Xuroson va Movarounnahr metallurgiya, konchilik, to’quvchilik, zeb-ziynat buyumlari yasash, qog’oz, oyna ishlab chiqarish va boshqa sohalarda dunyo bozorida nom chiqargan. Hunarmandchilikning bunday yakka holda o’rgatilishi malakali kasb egalarining yetishib chiqishiga yordam bergan, halol va vijdonan mehnat qilishga yollaganki, bu insonning kamolga yetishiga muhim pog’ona bo’lgan. Zero, qadimdan har bir yetuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi hunarning bir yoki bir necha turini bilishi zarur sanalgan. Shunga ko’ra, buyuk shohlar ham, beklar ham, katta mol-mulk egalari bo’lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o’z farzandini bilimli bo’lish bilan birga, hunarli bo’lishiga ham e'tibor bergan va bu yozilmagan qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki kishilik jamiyati paydo bo’lgandan kishilar o’z mehnati, hunari bilan kun kechirishga majbur bo’lgan va bu hayot taqozosi sifatida qabul qilingan. Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo’lishi bilan birga, mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak, deydi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi davr pedagogikasi ham e'tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir. Muayyan bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta'sirini inkor etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o’z zamondoshlari - buyuk mutafakkirlar Forobiy, ibn Sino kabi inson kamolotida har uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya'ni u insonning kamolotga yetishida ilm-u ma'rifat, san'at va amaliyot asosiy o’rin tutadi, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega bo’ladi, deydi.


Yüklə 32,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin