Abu rayhon beruniyning pedagogik qarashlari



Yüklə 32,6 Kb.
səhifə1/5
tarix06.04.2023
ölçüsü32,6 Kb.
#93988
  1   2   3   4   5
ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI


ABU RAYHON BERUNIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
REJA

1 Abu Rayhon Beruniyning ma`rifiy qarashlari


2 Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari
3. Beruniy odob-axloq haqida
4.Beruniyning didaktik g`oyalari

1 Abu Rayhon Beruniyning m`rifiy qarashlari
O`rta asrning buyuk qomusiy olimi, beqiyos aql-zakovat sohibi Beruniy fanlarning va ijtimoiy hayotning juda ko`p jiddiy muammolarini to`g`ri hal qilib, shular asosida ko`plab ilmiy asarlar yaratgan ulkan donishmanddir. U falsafa, ijtimoiyot, tarix va boshqa fanlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shgan. Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973-yilda O`rta Osiyoning yirik madaniyat markazi ― Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tug`ildi. U o`z yurtida tahsil ko`rgan. Bir necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukammal o`rgangan, botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik buyuk matematik va falakiyotshunos olim Abu Nasr Ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik chog`idanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16 yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar olib brogan va ma`lum natijaga erishgan. 21 yoshida esa o`zi yasagan asbob yordamida ekliztikaning ekvatorga og`ish burchagini aniqlagan. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug’d, fors, suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o’rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi. Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta`limotlaridan dars olgan. Bundan tashqari, o’zidan oldin o’tgan Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg’oniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy, seyistonlik Abu Said as-Sijiy, Abu Muhammad Hamid Xo’jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o’rganadi. 995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib globus yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). Beruniy hali yosh olim bo’lishiga qaramay, Kotda 994-995-yillari astronomik asboblar ixtiro qilib kuzatishlar o’tkazgan.
O’sha davrda Kaspiy bo’yi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir yosh olimga xayrixohlik ko’rsatadi. «Shamsal-maoliy» («Oliy martabalar quyoshi») laqabi bilan mashhur bo`lgan bu podshohga bag’ishlab Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu asar Beruniy nomini Yaqin va O’rta Sharqqa mashhur qildi. Beruniy bu yerda «Xorazmning mashhur kishilari», «Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash» asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda paleontologik kuzatishlar natijalari ham bayon qilingan. 995-yilda Kot shahri Gurgonj amiri Ma`mun І tomonidan bosib olindi. Xorazmda hukmronlik qilayotgan afrig`iylar sulolasi qulatilib, shahar vayron qilindi. Bunday sharoit Beruniyni vatanini tashlab ketishga majbur etgan. U panoh qidirib avval Rayga (hozirgi Tehron tarkibida), so`ngra Jurdonga boradi. Jurdon hokimi Qobus ibn Vushmagir Beruniyni olim sifatida g`oyat qadrlagan. Bir rivoyatga ko`ra, u Beruniyni katta mansabga taklif qilganida Beruniy bu mansab o`zini ilm-fandan chetlab qo`yishini aytib, taklifni qabul qilmagan. 1004-yili Beruniy Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan Xorazmga chaqirib olinadi va uning yaqin maslahatchisi etib taynlanadi. Ma'mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» - «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat ko’rsatadilar. Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi. 1017-1018-yillari yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xurosonda Mahmud G’aznaviy (998-1030) hukmronligi o’rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud G’aznaviy davlatiga tobe bo’ladi. Ma'mun akademiyasidagi ko’plab olimlar qatori Beruniy ham G’aznaga olib ketiladi va u yerda ijodini davom ettiradi. Jurjonda Beruniy o`zining mashhur “Al-osorul boqiya an il qurun ul holiya” nomli (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik”) asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar,
so`g`diylar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan. Shuningdek falakiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta e`tibor berilgan. O`rta Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan. 1004-yilda Beruniy o`z vataniga qaytib, Urganchda ilm-fanga homiylik qilayotgan Xorazmshoh Ma`mun ІІ (1009―1017) atrofida mashhur olimlar, jumladan, Sino, Beruniyning ustozi Abu Nasr ibn Iroq, tabib Abu Sahl Masixiylar safiga qo`shiladi. Ular fanning turli sohalarida ish olib boradilar. Beruniy ana shu ilmiy doirada muhim rol o`ynagan. 1017-yilda Xorazm Ibn Mahmud G`aznaviy tomonidan bosib olindi. U qurol kuchi bilan yirik saltanat barpo qiladi, o`z poytaxti G`aznaga Xorazmshoh saroyidagi olimlar bilan birga Beruniyni ham olib ketadi. To`xtovsiz urushlar natijasida Mahmud G`aznaviy Shimoliy Hindistonni bosib olib, uning aholisini qirg`in qildi. Beruniy bu harbiy yurishlarda sultonga hamrohlik qilishga majbur bo`ldi. Buyuk olim o`n uch yil davomida Hindistonda bo`lib, uning tarixi, madaniyati va fanini o`rgandi. U qadimiy hind tili ― sanskritni o`zlashtirib, shu tilga bir necha qadimgi yunon mumtoz asarlarini, shu jumladan, Evklidning “Negizlar”i va Ptolomeyning “Almagesta”, o`zining astrolyabiy haqidagi risolasini tarjima qilgan. Beruniy hindlarning hayotini sinchkovlik bilan kuzatdi va ularning adabiyotini, madaniy boyligini mukammal o`rganib, “Hindiston” asarini yaratdi. Unda shu mamlakatning falsafasi, tarixi, geografiyasi, aholisining etnik tarkibi, urf-odati, e`tiqodlari haqida boy ma`lumotlar to`plangan. “Hindiston” butun o`rta asr fanidagi mislsiz asardir. Shu asar orqali Beruniy ko`z oldimizda faqat tarixchi, geograf, falakiyotshunos, lingvist va faylasuf olim sifatidagina emas, buyuk insonparvar pedagog irqiy va diniy xurofotlarga qarshi kurashgan ma`rifatparvar sifatida ham gavdalanadi. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san'atidan boshlang’ich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, ma`lumotlar bergan. Mahmud G’aznaviyning Hindistonga yurishlarining birida Beruniy ham hamroh bo’lib boradi. U sanskritni bilganligi uchun hind xalqi madaniyati, adabiyoti va san'ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi va bu mehnatlari natijasida 1030-yili o’zining Sharq va G’arbda keng e'tirof qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.
Kitobning to’liq nomi «Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan talimotlarini aniqlash kitobi» bo’lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston» deb yuritiladi. Akademik V.R.Rozen asarni «Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q», -deb baholaydi. Hindiston olimi Hamid Rizo esa, olim haqida gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o’rta asr yoki hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib yetmagan. Uning«Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik namunasi bo’lib qoladi», deydi. Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o’z ifodasini topgan. 1030-yili Mahmud G’aznaviy vafot etadi. Uning kichik o’g’li Muhammad voris sifatida taxtga o’tirgan bo’lsada, ko’p o’tmay Mahmudning katta o’g’li Mas'ud (1030- 1041) ukasini taxtdan ag’darib, o’zi hokimiyatni qo’lga oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas'ud Beruniyni o’z himoyasiga olib, uning ijod qilishiga sharoit yaratib beradi. Beruniy astronomiyaga oid «al-Qonun al-Mas'udiy» («Mas'ud qonuni») nomli yirik asarini shox Mas'udga bag’ishlaydi. Olimlar bu asarni matematika va astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo’yadilar. Arab olimlaridan Yoqutning yozishicha: «Mas'ud qonuni» kitobi matematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan». Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda: - o’quvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; - uzviylik, izchillik; - tahlil qilish va taqqoslash; - ma`lumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish; - takrorlash; - yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etishga e'tibor berish kerakligi o’qtiriladi.
Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o’rganishga da'vat etadi. Abu Rayhon Beruniy 1048-yil vafot etdi. U o`zidan keyingi avlodlarga g`oyat boy ilmiy meros qoldirdi. O`rta asr arab tarixchisi va geografi Yoqut Hamaviyning (XIII asr) yozishicha, Beruniy falakiyotshunoslik, mantiq, falsafa va boshqa fanlar bo`yicha yozgan asarlari nomlarining o`zi oltmish sahifani tashkil qilgan. Uning turli hajmdagi 150 ta asarlari hozirgi kunda aniqlangan, lekin shulardan 30 tasigina bizgacha yetib kelgan. Ulug` olimning turli fanlarga doir asarlari orasida uning ijtimoiy ta`limotlari, dunyoqarashi ifodalangan asarlari alohida o`rin tutadi. Masalan, “Kitob fi axborotil mubayyizot vilqaromita” (“Oq kiyimliklar va karomatiylar xabarlari haqida kitob”), “Kitobul maqolot val-arz vad-diyonot” (“Maqolalar, e`tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Geodeziya”, “Mineralogiya” asarlari ana shular jumlasidandir.

Yüklə 32,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin