Fitrat – dramaturg Fitrat merosida dramaturgiya ham son, ham salmoq jihatidan katta o’rin tutadi. Manbalar guvohlik berishicha, Fitrat, taxminan, o’n beshga yaqin drama yozgan... Ular orasida drama ham, komediya, tragediya va hatto opera librettosi ham bor. Biroq bu ulkan dramatik merosning yarmidan ko’pi nashr etilmagani bois, bizning kunlarimizgacha saqlanmagan (yoxud hozirgacha topilmagan).
Fitrat dramaturgiyasi mavzu, qahramon va muammolar jihatidan rang-barangdir.
“Chin sevish” dramasida biz oldingi Fitrat, ya’ni g‘arb ilm-fanini o‘rganishga bo‘lgan targ‘ibotning boshqa bir darajaga o‘tgani, ya’ni siyosiy jihatdan yetuklikka erishgan Fitratni ko‘ramiz. U asar qahramoni Karimbaxsh tilidan bu kabi g‘oyalarini quyidagicha ifodasini kuzatish mumkin: “Ovrupo ishlarini o‘rganmak albatta kerakdir. Ovrupoda o‘qimoq oprupolilarni insofli, adolatli deb maqtamoq uchun emas, ulardan o‘zimizni saqlamoq, tishli-tirnoqli bo‘lish uchun kerakdir.”Bu so’zlar hozirgi kundagi ba’zi odamlarga, ya’ni o’z vatanini qo’yib g’arb davlatlarini maqtab,ularning tili va madaniyatini o’zlashtirib olyotgan insonlarga ham tegishlidir.Bu so’zlardan Fitratning asarlari va so’zlari davr va zamon tanlamasligining yana bir bor guvohi bo’lamiz.
Fitrat bundan biroz avvalroq yozilgan “Sharq siyosati” nomli maqolasida G‘arbga bo‘lgan munosabatini, uning haqiqiy siyosati nimada ekanligini ochib tashlagan edi. Bir vaqtlar “Sharqda madaniyat maktablari, insoniyat madrasalari ocharmiz” degan bahona bilan Turkistonni qonga botirib, uning yuzini toptagan bosqinchi “jahongirlari fohishaxona va mayxonadan boshqa bir narsa” olib kelmadi. Fitrat shu o‘rinda o‘ziga o‘zi savol beradi: “Ajabo, Ovrupa jahongirlari bu ishlarini bilibmi qildilar, bilmasdanmi qildilar?” Javobi esa “Albatta, bilib qildilar, jo‘rttaga qildilar”. Fitrat maqolasida mustamlakachilarning asosiy maqsadlari qo‘l ostiga olingan mazlum xalqqa “madaniyat berish”, “maorif tarqatish”, “taraqqiy etdurmak” emas, “turli fohishaxonalar, mayxonalar ochib, bizning axloqimizni buzmoq” va oxir oqibatda “bizni ishdan chiqarmoq va o‘z qo‘llarig‘a muhtoj qilib qo‘ymoqdir”. Fitrat bu fikrlarni yozar ekan, siyosiy jihatdan ancha yetishgan, xalqni haqiqiy ahvoldan boxabar qilish uchun hech narsadan tap tortmay fikr yuritadigan shaxs sifatida ko‘rinadi.
Mantiqan olib qaraganda “Hind ihtilolchilari”ni “Chin sevish”ning davomi deyish mumkin. Lekin ular ayri ikki asar. “Hind ihtilolchilari”da Fitratning ona Vatanga bo‘lgan muhabbati, uning erki uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan “Yurtimizni qutqaramiz. Yashasin istiqlol!”, deb mustabid tuzumga qarshi qo‘zg‘algan isyonkorni ko‘ramiz. Uning 1922-yili nashr etilgan “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plamidan joy olgan “O‘gut” she’rida Fitratning yurt erkinligi uchun kurash, bir daqiqa ham hurriyatga erishish maslagidan qaytmaslikka undov juda yaxshi ko‘rinadi.
Fitrat o‘z dramalarida, she’rlarida Sharq, xususan, Hindiston xalqining mustamlakachi inglizlarga qarshi kurashi orqali ona Vatan – Turkistonning tuganmas dardlarini ifoda qildi. Fitrat Hind materiali asosida Turkiston dardini badiiy gavdalantiradi.
Fitrat merosida dramaturgiya ham son, ham salmoq jihatidan katta o’rin tutadi. Manbalar guvohlik berishicha, Fitrat, taxminan, o’n beshga yaqin drama yozgan... Ular orasida drama ham, komediya, tragediya va hatto opera librettosi ham bor. Biroq bu ulkan dramatik merosning yarmidan ko’pi nashr etilmagani bois, bizning kunlarimizgacha saqlanmagan (yoxud hozirgacha topilmagan).
Buxoro xonligidagi dehqonlar hayoti va qismati tasvirlangan «Arslon», imonsiz kishilar fosh etilgan «Ro’zalar» kabi ayrim dramatik asarlarini hisobga olmaganda, Fitratning sahnada qo’yishga mo’ljallangan aksar pyesalarini bir umumiy ruh, umumiy yo’nalish birlashtirib turadi. Mana bu ruh va yo’nalishni birlashtirib turuvchi muammo va g’oyalar Vatan ozodligi uchun kurash va mustaqillik, qahramonlik, kuch va zo’ravonlikka qarshi is’yon, adolatsiz toj-taxtning barbod bo’lishi, erk va Istiqlolni ulug’lashdir.
O’sha davrda yashagan Fitratning maslakdosh do’stlaridan bo’lgan Cho’lponning gaplaridan ham Fitratning qanchalik mahoratli dramaturg ekanini bilib olishimiz mumkin.
Adib Fitratning sodda, lekin qiymatli bir asari bo’lg’on «Arslon»da Tursunoy kichkina bir ro’lni o’ynar edi. Tursunoyning qudrati va quvvati o’sha kichkina ro’lni ham ulkanlar qatoriga chihardi, bir ko’rinib o’taturg’on Zaynabni bir umr unutilmas tasvirga aylantirdi... u Zaynabda so’z ohangi (intonatsiya) bilan harakat (движение)dan birlashgan ajoyib, go’zal, yangi va asil o’yinlar beradi. U o’yinlar rejissor ko’rsatgan sahna chiziqlar ichida Tursunoyning o’z ijodlari, o’zi yaratgan badi’yalar edi. Unda Zaynabning bir so’zi bor, oddiy so’z, xotin-qizning turmushidagi mayda, lekin xarakterli so’zlaridan: — «Boyingiz ham qursin! Tutruqsiz! Kunda xotin olib nima qilar ekan!» Bu so’zni Tursunoy o’ynagan Zaynabning og’zidan bir marta eshitgan kishi yana qayta-qayta eshitmak istaydi va bundan so’nggi u so’zni aytaturg’on Tursunoyning butkul yo’qlikka ketganini o’ylasa, chinakam alam va hasratlar ichida qoladi. Tursunoy u so’zga juda g’alati bir so’z ohangi berib gapirgach, o’sha gapning o’lchovi bilan yerga o’ltirib qolardi. Bu albatta uning «vazn» va cholg’u quvvatini ko’rsatadi... Tursunoy yengil par kabi bir uchib o’tdi. To’zg’on pardan hech narsa qolmaydi. Ammo uning yaratg’on ro’llari sahnamizni bir yilgina bo’lsa ham yaxshi yoritdi, nurlantirdi. Yaqinda o’zbek sahnasi ulug’ va ulug’ligi qadar yuksak va go’zal bir tomosha (pyesa) ko’rdi.2
“II BOB. ABULFAZXON DRAMMASIDA ABULFAYZXON OBRAZI
2.1. “Abulfayzxon” – tarixiy fojia.
1924 yildа yarаtilgаn “Аbulfаyzхon” trаgediyasini Fitrаt drаmаturgiyasining cho‘qqisi deyish mumkin,chunki undа shаfqаtsiz tаriх sаbog‘i yuksаk bаdiiy hаqiqаt dаrаjаsigа ko‘tаrilgаn vа insoniyat cheksiz qon to‘kishlаr oqibаtidа dаhshаtli fojiаlаrgа yuzlanishi mumkin ekanligi aks etkan. «Abulfayzxon» XVIII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy haqiqat asosiga qurilgan birinchi tarixiy tragediyadir. O‘zining yuksаk yaratilish usuliga ko‘rа, bu drаmа Fitrаt ijodiy yo‘lining yetuklik bosqichi boshlаngаnligidаn guvohlik bergаn.Qahramonlarni jonli,hayotiy,tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks ettirish, ayniqsa. «Abulfayzxon» tragediyasida yorqin namoyon bo‘ldi.«Abulfayzxon» nainki, Fitrat ijodi, balki, umuman,o‘zbek dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik,kompozitsion qurilishdagi uyg‘unlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib turadi. Asarning yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan.Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi Abulfayzxon hokimiyatining tanazzuli va mang‘itlar sulolasining hokimiyatga kelishi aks ettirildi.
Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat o‘yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha shaxmat o‘yini aqlli va bekorchi odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi. Shunga ko‘ra, xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning davlatdagi og’ir vaziyatlar bilan ishi bo’lmasdan maishat-u turli o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga ishora qilinadi.
Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana boshladi, ko‘pini hibsga olib, birin-ketin qatl etdi. O‘tmishdagi bu tarixiy haqiqatni ko‘rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni ko‘tarib chiqdi. Uning asar asosiga joylagan asl niyati yashirin zulm va zo‘ravonlik asosiga qurilgan, bu yo‘lda istibdodning hech qanday manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan, tarixning qora va og‘ir bir davri yorqin ko‘rsatib berildi.Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, o‘z yurtiga sotqinlik qilgan amaldorlar ko‘magida boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi. Xayol tilidan asar nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: «Eng qop-qora saodat-sensan» deyilgan fikr Rahimbiy timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining davlatiga ham ishoradir.Xususan, Xayol tilidagi: „Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan millionlarcha inson ko‘masini' chuqurdan-chuqurga yumalatmog‘ingning zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?» deyilgan flkrda Fitrat o‘z zamonasiga nisbatan o‘zining qarashlarini ochiq-oydin aytib ham yuboradi.Tradegiyada xonliklardagi vaziyat ochib berilgan bo’lsa ham ,asl mohiyat orqali butun davrlarga tegishli hokimyat uchun kurash, davlat tepasidagi boshliqlar va amaldorlar orqali oddiy insonlarning qiynalishi aks ettirilgan.
Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va o‘zaro bog‘lanish kuchli. Abulfayzxon – asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas, podsholigida, xolos. Podsholigi xayolidan ko‘tarilganda o‘ziga ishonmay qo‘yish, shundan. Abulfayzxon, aslida, nomard, qo‘rqoq,vahimachi odam. o‘ziga ishonmagani bois hammadan hayiqaveradi.Uning atrofidagilar ham o‘ziga yarasha. Yanada to‘g‘rirog‘i, ishni va gapni unga yoqadigan yo‘sinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning«podshohlik qon bilan sug‘oriladigan og‘ochdir» deyishi, o‘zininggina gapi emas. Bu xonga juda ma'qul gapdir. Qozikalon Nizom, to‘qsabo Davlat, xonning otalig‘i Hakimbiylar ham shu yo‘nalishdagi kishilardir.Bu qahramonlarning mohiyati bir yo‘nalishda. Lekin, muallif ularni har birini, xuddi hayotdagidek, o‘ziga xos bo‘lgan fe'latvor orqali ko‘rsatadi.Ulfat va Davlat shu qadar ustamonki, aksar o‘rinlarda xon ularning etagidan chiqolmay qoladi. Tragediyada dushmanini tashqaridan emas, avval ichdan qidirgan Nodirshoh obrazi tarixiy shaxs bo’lsa ham uning usullari o’sha davr mustamlakachilar uchun ham xos edi.Tragediyaning bosh qahramoni – Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir.Asarning so‘nggi – beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zo‘ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g‘ayriinsoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy ma'noga urg‘u berish uchun kiritadi.
Avvalambor, Abulfayzxonning o‘zi Buxoro taxtini razil yo‘llar bilan egallagan. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga qasd qilgan. «Al qasos-ul minal haq» deganlaridek, o‘zi ham saroy fisq-u fijurlarining qurboni bo‘ladi: raqiblari tomonidan xoinlarcha o‘ldiriladi.Razillik yo’li bilan qurilgan davlat uzoq hukm surmasligi ochig’ aks ettirilgan.
Dramaturg saltanat tanazzuli sababini Abulfayzxon tabiatini tahlil etish orqali ko‘rsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qo‘rquv,titroq, dahshat ostida tutib turdi. Chaqimchilik, tuhmat, fisq-u fujur,odamlarni gij-gijlashni yurtni boshqarish tuzumida yetakchi qoidalar deb bildi. Mamlakatda o‘zaro ishonchsizlik, hadik avjiga chiqdi.Natijada, johillik zamiriga qurilgan, zo‘ravonlik siyosatiga yukingan saltanat uning egasi yanglig‘ inqirozga yuz tutdi.
Unda ilk bor o‘zbek dramatuigiyasida shekspirona teran tragik obrazlar yaratildi. Ushu janrda jahon miqyosida tan olingan shoh asarlar qatoridan munosib o‘rin ola biladi.Uning ahamiyati o‘zbek xalqi tarixidagi muhim hodisa va tarixiy shaxslar qismati haqqoniy aks ettirilishidagina emas. Zo‘ravonlik va shafqatsizlik mohiyati, zulm va istibdod asosiga qurilgan hokimiyatning barbod bo‘lishi, ezgulikning zavoli, uvoli va kamolidagi mangu muammolarning go‘zal badiiy talqinida namoyon bo‘luvchi fazilatlar bu asarni zamon va makonga bo‘ysunmas ravishda e'tiborli va qimmatli qiladi. Yuksak mahorat bilan yozilgan drama muallifning san’atkor, millatparvar, vatanparvar sifatidagi siymosini uyg‘unlashtiradi.