2.2. “Abulfayzxon”da obrazlar talqini. Asar janr tabiatiga ko‘ra tarixiy tragediyadir. Uning asosini Ulfat, Davlat, qozi Nizom singari badiiy to‘qima obrazlardan tashqari, Nodirshoh, xonning inog‘i Hakimbiy,Rahimbiy,Ibrohimbiy otaliq, tarixchi Mirvafolar singari tarixiy shaxslar obrazlari tashkil etadi.Tragediyaning bosh qahramoni Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy shaxsdir. Asarning so‘nggi beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga zo‘ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g‘ayri-insoniylikning alal-oqibati fojiadir, degan falsafiy ma’noga urg‘u berish uchun kiritadi.
Fitrat Ibrohimbiy qiyofasidagi bu to‘xtamga behuda urg‘u berayotgani yo‘q. Drama yozilayotgan 1924-yilda go‘yo xalq xohish-irodasi bilan amalga oshirilayotgandek, aslida esa, zo‘rma-zo‘rakilik bilan jumhuriyatlarni bo‘lish jarayoni kechmoqda edi. Jumhuriyatga olis markazning o‘z odami majburan tayinlanishi ham turgan gap edi. Yurt egasi qurultoy bilan, xalq ma’qul ko‘rganlar safidan saylanmog‘i kerak, deb qahramonni so‘zlatgan Fitrat dramaga elning shu zamondagi orzularini ham singdirib yuborgan edi.
«Abulfayzxon» dramasi orqali muallif o‘zbek adabiyotida ilk bor inson va tarix, shaxs va jamiyat munosabatlarini badiiy yo‘sinda gavdalantirish va bu masalalardagi badiiy idealni hal etish yo‘llarini izladi. Qay darajada jamiyat farzandi bo‘lmasin, ijtimoiy munosabat unda qay yo‘sinda o‘z muhrini qoldirmasin, shaxs, Fitrat talqinicha, eng avvalo alohida individdir. Shaxs kamolotida tarbiya va jamiyat ta’siri muhim bo‘lgani bilan shaxs tabiatida irsiyat va shundan kelib chiquvchi o‘ziga xoslikning o‘rni kuchlidir. Shuning uchun shaxs, Fitrat talqinida, tarixni harakatga keltira oluvchi kuch, jamiyatga faol ta’sir ko‘rsatuvchi siymo sifatida ko‘rsatiladi.
Tragediyada gavdalantirilgan Abulfayzxon ana shunday shaxs, biroq afsuski, tarixda salbiy iz qoldirgan shaxsdir. Lekin dramaturg qahramonini o’zining qarashlari bilan salbiy qahramon qilmadi.U tarixan hayotda qanday bo‘lsa, shunday gavdalantiriladi. Badiiylik qonuniyatlari bilan xarakterini teranroq va tiniqroq qiladi, xolos. Fitrat jamiyat, muhit va sharoitning shaxsga ko‘rsatuvchi ta’sirini badiiy gavdalantirishni ham unutgani yo‘q.
Xonning xo‘jasaroyi Ulfat, Qozi kalon Nizom, Davlat to‘qsabo, Rahimbiy va Hakimbiy otaliqlarning Abulfayzxon tegirmoniga suv quyib, uni jaholat va razolatga sudrashdadi,bunda ular bir-biridan faolroq bo’lishga intilishadi. Bu xuddi o‘sha muhitning, sharoitning, tarixiy vaziyatning shaxsga o‘tkazuvchi ta’siri va shu tarixiy jarayonning badiiy talqinlaridir. Ubaydullaxon, Abulfayzxon, Abdumo‘minxonlarning xiyonatkorona o‘ldirilishida ham tarixiy sharoitlarning inson taqdiriga ko‘rsatgan ta’siri yotadi. Asar so‘nggiga yaqin Abulfayzxon o‘z razilliklaridan pushaymon, nadomat chekkan holda beriladi. Bu bilan muallif tarix va shaxs aro munosabatlarda inson hech qachon faqat razillik timsoli bo‘lib qololmaydi, inson o‘zini-o‘zi anglash fursatini topmog‘i kerak, degan falsafiy qarashni joylagandek go’yo.Inson hamisha o’zini-o’zi anglashi kerak,bu kech bo’lsa ham.Bu ham Fitratning tragidiya yaratish mahoratidan darakdir.
Asar tragediya janrida bo‘lgani uchun unda fojialar ko‘p. Lekin hayot faqat fojialardan iborat emas. Dramaturg hayot nurlarini, nurli qahramonlarni hamda shaxs va jamiyat, inson va tarixning o‘zaro munosabatlarini shu qahramonlar talqiniga ham singdiradi. Shaxs va jamiyataro munosabat masalasidagi o‘z idealini dramaturg, ayniqsa, Ibrohimbiy obrazida aks ettirdi.Ibrohimbiy to’g’ri so’zli inson sifatida tasvirlanadi.Buni Ibrohimbiyning xoqonga aytgan gapi orqali ham bilib olishimiz mumkin:”devona emas,to’g’riman,to’g’riliqning devonaliqdan yomonroq natijlar berganini bilaman.Yana to’g’riliqdan ayrila olmayman”. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach, qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi. Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim, meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir».Fitrat Ibrohimbiyni uzoqni ko’ra oladigan qahramon sifatida tasvirlaydi, yuqoridagi gaplar buning yorqin isbotidir. Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi. Toj-u taxt bevafo va o‘tkinchi. Fitrat Ibrohimbiy tilidan shu haqiqatni ochib beradi.
Yozuvchi o’z asaridagi to’qima obrazlarga ism qo’yishga ham jiddiy etibor bergan. Ulardagi ismlar ularning hayot yo’li,harakterini ochib bergan.Buni biz Ulfat,Davlat,Qurbongul obrazlarida ko’rishimiz mumkin.Ulfat ismida ham katta ma’no bor.Ulfat insonlarning oldida mol-u davlati borligida turadigan inson.Buni biz asardan ham bilib olishimiz mumkin.Abulfayzxon o’lgandan keyin Ulfat shunday so’zlarni aytadi:”Yuraksiz xon,qochmadi,o’ldi.Muhrini olay.Yo’lda kerak bo’lur”.Bu gaplardan bilishimiz mumkinki Ulfat xoning oldida mol-u davlat uchun ulfat qilgan,qo’shtirnoq ichida”sodiq xizmatkor”bo’lgan .
Davlat obraziga keladigan bo’lsak,mol-u davlat insonga hech qachon vafo qilmasligi,u o’tkinchi narsa ekanligini biz bu obraz orqali bilib olamiz.Abulfayzxon shu davlat,toj-u taxt uchun o’z akasini o’ldirdi,ammo asar oxirida toj-u taxt uning qo’lidan ketganligining guvohi bo’lamiz.Ya’ni davlat muqim joyda turmasligini anglatish uchun ham bu obraz kiritilganday go’yo.Davlat ketgandan keyin ulfat ham ketadi,sening yoningdagi do’stlaring davlating uchun ulafat degan ma’no ifodalangan.
Dramada Qurbongul obrazi butun jamiyat qurbon bo’lgan ayollar,xoning xaramida butun umri qurbon bo’lgan ayollar taqdirini ochib bergan.
Asosiy obrazlardan biri bo’lan Rahimbiy obraziga kelsak,bu obraz murakkab xarakterga egadir.Rahimbiy tarixiy shaxs bo’lib,so’lib boryotgan ashtarxoniylar hokimiyatini tugatib mang’itlar sulolasiga asos solgan.Biz bu yerda Rahimbiyni yaxshi ham,yomon ham deyolmaymiz.Rahimbiyning xonga aytgan so’zlarida:”Xon hazrat! Dunyoda har kim o’z kuchiga qarabg’ina o’run tutadir.Bu tirikchilikning eng o’tkir buyrug’idirkim,bunga bo’ysunmag’anlarning dunyodandan chiqib ketishlari lozim bo’ladir.Siz Buxoroni idrok qiladurg’on kuch ko’rsata olmadingiz.Davlatimizning buyuk,buyuk teraklarini o’z qo’lingiz bilan yiqita berdingiz,butun ishni menga emas ,bir ahmoq mug’ambil bo’lg’an Ulfatg’a topshirdingiz.Taxtdan tushganingizning sababi shuldir” so’zlarida juda ko’p narsalarni anglasa bo’ladi.Bu gaplardan ko’rib turibmizki Rahimbiy qulab boryotgan davlatni qutqardi.Abulfayzxon qo’g’irchoq xon ekanligining yana bir isbotidir bu gaplar.Abulfayzxon davlatning buyuk,buyuk teraklarini qulatishini Farhod otalig’ misolida ko’rishimiz mumkin.Farhod otalig’ or-nomusli o’zbek otalarining yorqin timsolidir.
Asardagi Hakimbiy obrazi xamilyon qahramon sifatida gavdalantirilgan. Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do‘stlashadi. O‘g‘lini yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir tarafdan urushmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni egallab olishi, bularning barchasi millatparvarlik, vatanparvarlik nuqtayi nazaridan oqlab ham, yoqlab ham bo‘ladigan hodisalar emas. Hakimbiy obrazida Abulfayzxon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon bo‘ladi. Yozuvchi Hakimbiy obrazi orqali o’zi yashab turgan davrdagi sotqin insonlarni ko’rsatib beradi. Hakimbiyni Ulfat orqali Abulfayzxon o‘z huzuriga chaqiradi. Hakimbiy borishdan bosh tortadi va «Jo‘yborga borib Xo‘ja Kalonning uylariga qo‘nsinlar, elning kattalarini chaqirsinlar», deb muzokara uchun joy tanlaydi. Buning sababini ham Hakimbiy nutqidan bilib olish mumkin: «Xonning buyrug‘i Arkdan Mirarabgacha yurmaydir». Bu gap Abulfayzxonning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi naqadar zaifligini anglatad i.
Uchinchi parda Nodirshoh va o‘g‘li Rizoqulixon suhbati bilan boshlanadi. Nodirshoh: «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir», deya Hakimbiy va uning o‘g‘li Rahimbiyga ishora qiladi. Nodirshohning aytgan so’zlari hamma zamondagi bosqinchilarga tegishli.
Oxirgi sahnada Rahimbiy oldida ramziy obraz – Xayol paydo bo‘ladi. Fitrat o‘zi anglab yetgan va anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun Xayolni: «Sen fazilatli bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola pichog‘i bilan otalarni yiqitding...», deya so‘zlatadi. Xayol asardagi eng kuchli va eng teran obrazlardan biridir.
«Abulfayzxon» har bir pardasidan tortib soʻzu jumlalarigacha zulmu zoʻravonlikka nafrat va ana shu nafratni jo etgan ramziylik bilan sugʻornlgan. Ayniqsa,fojiadagi Xayol ramziy obrazi badiiylikning eng yuqori maqomlariga koʻtarilgan.
Xususan, tarixiy dalillarga ko‘ra, Abulfayzxon taxtga o‘tirish
uchun akasining bahridan o‘tgan edi. Xon yon-atrofidagi
ikkiyuzlamachi xoinlar dastidan, qolaversa, o‘zining nihoyatda kaltabinligi tufayli mag‘lubiyatga uchraydi. Asarning bosh
g‘oyasi ham zulm asosiga qurilgan tuzumning oxir-oqibat
inqirozga yuz tutishini ta’kidlashga yo‘naltirilgan.
Ma’lumki, drama Mir Vafo va Qozi Nizomning shaxmat
o‘yinlari bilan boshlanadi. Yozuvchi bu o‘yinni bejiz tanlamagan, shaxmat o‘yini zamirida qaysidir ma’noda fojiada
qatnashadigan obrazlarning o‘zaro ziddiyati, qaysi tomonning
yutishi va yutqizishiga ramzan ishora ham qilinadi. Ikkinchi tomondan, ko‘pincha shaxmat o‘yini aqlli va bekorchi
odamlarning ishi sifatida ham talqin etiladi. Shunga ko‘ra,
xon ishongan mulozimlarning ahvoli, ularning maishat-u turli
o‘yinlar bilan mashg‘ulligiga ishora qilinadi.
Kunlar o‘tgan sayin Abulfayzxonni marhumlar ruhi bezovta qila boshlaydi: qo‘rqinchli tushlar ko‘radi. Xon atrofi
borgan sari sotqinlarga to‘lib boradi. Zero, bunga faqatgina
uning o‘zi aybdor edi. Hatto eng ishonchli odamlaridan biri
Hakimbiy Eron shohi Nodirshoh bilan do‘stlashadi. O‘g‘lini
yashirin ravishda Nodirshoh huzuriga yuboradi. Hakimbiy bir
tarafdan urushmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini
dushman qo‘liga topshirishi, dushman bilan yashirincha til
biriktirishi, oxir-oqibat Eron shohining Buxoroni egallab olishi
– bularning barchasi millatparvarlik, vatanparvarlik nuqtayi
nazaridan oqlab ham, yoqlab ham bo‘ladigan hodisalar emas.
Hakimbiy obrazida Abulfayzxon bilan birlashmagan, o‘z yurtini dushmanga emin-erkin topshirgan bir kimsa namoyon
bo‘ladi. Hakimbiyni Ulfat orqali Abulfayzxon o‘z huzuriga
chaqiradi. Hakimbiy borishdan bosh tortadi va «Jo‘yborga
borib Xo‘ja Kalonning uylariga qo‘nsinlar, elning kattalarini
chaqirsinlar», deb muzokara uchun joy tanlaydi. Buning sababini ham Hakimbiy nutqidan bilib olish mumkin: «Xonning
buyrug‘i Arkdan Mirarabgacha yurmaydir». Bu gap Abulfayzxonning ijtimoiy-siyosiy mavqeyi naqadar zaifligini anglatadi.
33
Uchinchi parda Nodirshoh va o‘g‘li Rizoqulixon suhbati
bilan boshlanadi. Nodirshoh: «Har o‘lkani urushib olmoq siyosat emas. Urush choralarning eng so‘nggisi. Bir o‘lkani olmoq
uchun eng yaxshi chora – shul o‘lkaning o‘zida do‘stlar topmoq, shularni ishlatmakdir», deya Hakimbiy va uning o‘g‘li
Rahimbiyga ishora qiladi. Chunki Hakimbiy Nodirshohdan
o‘g‘lini taxtga o‘tqizish va’dasini olib ulgurgan edi.
Fojianing keyingi sahifalarida xonning afsus-nadomatlari,
yig‘lash-siqtashlari – umuman, nochor ahvoli beriladi. Yurt
boshqaruvini qo‘lga olgan Rahimbiy Abulfayzxonni uy qamog‘ida saqlaydi. Fitrat shu o‘rinda Abulfayzxon bilan Rahimbiyni uchrashtiradi. Bu epizodda mahkum xon Rahimbiy
va uning yaqinlariga qilgan yaxshiliklarini sanaydi. Rahimbiy
esa xonni «Davlatimizning buyuk, buyuk teraklarini o‘z
qo‘lingiz bilan yiqita berdingiz», deb xonning johilona siyosatini qoralaydi. Har kim o‘z fikrida haqqa o‘xshab ko‘rinadi… Keyinroq Ulfat lahm qazib xon yoniga keladi. Xon
esa qochishga jur’at etolmaydi.
Asarda zamon ahvolidan oshkora norozi, yurt tinchligi
uchun kuyingan kishilar Ibrohimbiy obrazi orqali tasvirlanadi.
Ibrohimbiy haqiqat tarafida, u xalq manfaatini ko‘zlaydigan
odam. Shuning uchun elga yomonlik qilgan, hukumat ishlariga qaramagan, «kecha-kunduz chog‘ir ichib» yotgan Abulfayzxon siyosatini ham, ish boshiga kelgan Rahimbiyni ham
qo‘llab-quvvatlamaydi. Fitrat o‘z orzu-istaklarini uning tilidan
bergandek taassurot qoldiradi. Ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan Ibrohimbiy Rahimbiy o‘n besh yoshli Abdulmo‘minni xon qilib
ko‘targanida esa «Men bo‘lg‘onda, Abulfayzxonni tushirgach,
qurultoy chaqirar edim. Yangi xon bilan uning otalig‘ini
el boshliqlarining kengashlari bilan belgilar edim», deydi.
Qolaversa, Rahimbiyga qarata shunday bir gapni aytishdan
toymaydi: «Jiyanim, men Abulfayzxon bilan urushdim, chunki
haqsizlik qilg‘an edi. Siz bu kun undan ortiq haqsizlik qila
turibsiz. Ko‘zim bo‘lsa edi, ertadan boshlab, siz bilan ham
urushar edim. Nima qilaykim, ko‘zim yo‘q. Hay, siz-ku
Buxoro taxtini olarsiz. Abdulmo‘minni o‘ldirarsiz. Balkim,
meni ham o‘ldirarsiz. Biroq shuni bilib qo‘yingizkim, bu
taxt sizning bolalaringizg‘a yuqmag‘usidir». Adolatning qaror topishini har qanday inson xohlaydi. Toj-u taxt bevafo
va o‘tkinchi. Fitrat Ibrohimbiy tilidan shu haqiqatni bayon
34
qiladi. Darhaqiqat, oxirgi sahnada Rahimbiy oldida ramziy
obraz – Xayol paydo bo‘ladi. Fitrat o‘zi anglab yetgan va
anglatmoqchi bo‘lgan haqiqat bayoni uchun Xayolni: «Sen
fazilatli bilimlarning qo‘l, qanotlarini uzib tashlading. Inju
tizg‘uchi adiblarning qalamlarini o‘choq supurgisiga aylantirding. Ota pichog‘i bilan bolalarni bo‘g‘izlading. Bola pichog‘i
bilan otalarni yiqitding…», deya so‘zlatadi. Xayol asardagi eng
kuchli va eng teran obrazlardan biri. Fojiadagi obraz larning
o‘zaro ziddiyatlarini, tarixiy haqiqat kim tomonida ekanini
tushunish uchun asarni sinchiklab o‘qish va ayni damda
o‘sha davr tarixini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Fitrat «Abulfayzxon» fojiasi uchun Buxoro tarixidagi o‘ta
ziddiyatli bir zamonni tanladi. XVIII asrda Buxoroda hukm
surgan ashtarxoniylar sulolasi tugab, ular o‘rniga mang‘it
amirlarining kelish hodisalarini qalamga oldi. Fitrat real tarixiy shaxslar bilan birga to‘qima hamda ramziy obraz lardan
unumli foydalandi.
Abdurauf Fitrat «Abulfayzxon» fojiasida ma’lum bir tarixiy
davr fojialarini badiiy talqin qilish bilan birga o‘zi yashab
turgan ziddiyatlarga to‘la muhit – zulm, zo‘ravonlik va
bosqinchilikka asoslangan tuzumning mohiyatini ham qaysidir
ma’noda ochib berishga muvaffaq bo‘ldi.
Xulosa. Fitratning hayoti va ijodiy faoliyati tarixning eng qaltis damlarida Millat va Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasidir. Yirik jadidshunos olim Begali Qosimovning so‘zlari bilan aytganda, har qanday holda ham xalq bilan birga bo‘lish, uning manfaatini har narsadan ustun qo‘yish, har narsadan muqaddas bilish Fitrat shaxsiyatining eng muhim xususiyatlaridan edi. Fojiadagi obrazlarning o‘zaro ziddiyatlarini, tarixiy haqiqat kim tomonida ekanini tushunish uchun asarni sinchiklab o‘qish va ayni damda o‘sha davr tarixini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi.
Asar badiiyatiga singdirilgan asosiy ziddiyat –toj-u taxt uchun kurash va ezgulik, insof, diyonat, adolat g‘oyalari o‘rtasidagi kurash Xayol obrazida o‘z yechimini topadi va uning monologi muallifning yakuniy xulosasi sifatida gavdalanadi.Asarning beshinchi pardasida toj-taxt talvasasidan qalb ko‘zlari ko‘r bo‘lgan, nafs ilingan johil Rahimbiy hech ikkilanmay 15 yoshli Abdumo‘minning umriga zomin bo‘ladi.Rahimbiydagi bu qonxo‘rlikka oxiri falak ham dosh berolmaydi. Endi unga kimligini ko‘rsatish, qilgan jinoyatlari oqibatlarini anglatish fursati yetdi. Bu zolimning nafs balosidan zanglab ketgan ongini tozalamasa, ruhiyatiga ma’naviy ozuqa berilmasa, u yana qanchadan qancha begunohlar umriga zomin bo‘lishi tabiiy. Endi bu qora ishlarga nuqta qo‘yish, qon to‘kishning oldini olish shart. Shuning uchun “ko‘k gumburlab, qattiq bir yel esib, shamlarni o‘chirib, taxtning orqasidan” bir sharpa – Xayol obrazi yordamga keladi. Xayol monologi dramada hal qiluvchi badiiy-estetik kuchga ega. Unda dramaturg shunchaki o‘z qarashlarini ifodalagan emas. Unda muallifning teran tarixiy, hayotiy falsafasi mujassamlashgan, badiiy tafakkur mezonlari bo‘y ko‘rsatgan. Unda adibning o‘zigagina tegishli bo‘lgan shirali tasvir uslubi namoyon bo‘lgan, ayricha poetik topilmalari, o‘xshatish va istioralari betakror ifoda topgan. Ayni xususiyatlari bilan Xayol nafaqat Rahimbiyni, balki butun insoniyatni o‘tkinchi mol-dunyo,toj-utaxt, amal-martaba uchun ma’naviy tubanlashib ketishdan asrab qolishga intilmoqda, jirkanch jinoyatlar, adoqsiz gunohlar oqibatidan ogohlantirmoqda. Xayolning taxtga qarata aytgan monologi nafaqat ushbu dramadagi shaxslar fojiasini, balki toj-u taxt uchun talashib, qanchadan qancha begunohlarning umriga zomin amalparastlarning ham fojiali qismatini yodga soladi.