Mutanosib
bozorlar
bo‘yicha konferensiyaning boshqa
ishtirokchilari mutanosib bozordagi risklar yoki operatsiyalarning
boshqa xarajatlari o‘zaro aloqadorligi hamda ko‘lamdan tejamkorlik
muammosiga e’tibor qaratdi. Kontrabanda yoki noqonuniy savdo
cheklangan xarajatlari sotuvlar hajmi bilan oshib borayotganligi
ko‘rsatildi, ya’ni faoliyat ko‘lamidan salbiy tejamkorlik mavjud,
biroq pora berishda yoki nolegal iqtisodiyotda ko‘lamdan tejamkorlik
amal qilishi mumkin. Xarajatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin:
sotuvchilar nazoratni qanday amalga oshirishni yaxshi biladilar,
mutanosib
bozor
muassasalari
xarajatlarni
salbiy
tejashga
moslashadilar.
J.P. Azam va T. Beslilar o‘z asarlarini nolegal savdodagi
ko‘lamdan tejamkorlik samarasi empirik tadqiqotiga bag‘ishlab, ular
yashirin bozor modelini Gana iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bo‘yicha qurdilar
147
. Ganada kakao rasmiy narxi jahon narxlaridan
past. Fermerlar o‘z hosilining bir qismini Togo yoki Fil suyagi
qirg‘og‘i qo‘shni davlatlaridagi kontrabanda orqali tovar
keltirayotgan
norasmiy
savdogarlarga
sotadilar.
Transport
vositalarini tanlagan va zaruriy porani to‘lagan holda sotuvchilar
faqat taqchil iste’mol tovarlarini kontrabanda orqali tashishda
foydalaniladigan yuk mashinalaridan kakaoni kontrabanda orqali olib
kelish uchun foydalanganlarida pastroq xarajatlar qiladilar.
Dostları ilə paylaş: