7.5. Norasmiy iqtisodiyotning rivojlanishining hozirgi zamon umumiy qonuniyatlari Xorijiy tadqiqotchilarning
norasmiy iqtisodiyot to‘g‘risidagi
zamonaviy ilmiy tasavvurlarini umumlashtirib, quyidagi xulosalarni
shakllantirish mumkin.
Norasmiy iqtisodiyot (umuman, yashirin iqtisodiyot kabi) u
yoki bu darajada ijtimoiy tizimlarga xos global-tarixiy hodisa
hisoblanadi. U “birinchi dunyo” da ham (rivojlangan “kapitalistik”
mamlakatlarda),
“ikkinchi
dunyo”
da
(“kommunistik”
mamlakatlarda) ham, “uchinchi dunyo” da (rivojlanayotgan
mamlakatlarda) ham o‘z o‘rnini topdi va topadi. Bundan tashqari,
norasmiy iqtisodiyot tarixi zamonaviy davr bilan cheklanmaydi:
norasmiy iqtisodiy tuzilmalar toindustrial jamiyatlarida (hech
bo‘lmaganda G‘arbiy Yevropa o‘rta asrlari sexdan tashqari
hunarmandchiligi to‘g‘risida eslaymiz) va postindustrial jamiyatda
ular amal qilishi mumkin.
Norasmiy iqtisodiyot ko‘p funksionaldir. Bir tomondan, u
ishlab chiqarish munosabatlari rudimentar shakllarini (masalan,
oilaviy norasmiy “mikrofirmalar” ko‘p jihatdan shaxsiy bog‘liqlik
arxaik munosabatlariga asoslangan) muzlatib qo‘ygan, shahar va
qishloq chegaralarining omon qolishini ta’minlagan holda yashovchi
muassasalarning o‘ziga xos “payvandlashuvi” rolini o‘ynaydi.
Boshqa tomondan,
norasmiy iqtisodiyot ni mazkur davrda hukmron
institutlar “dublikati” sifatida ham o‘rganish mumkin
: norasmiylar
rasmiy iqtisodiyot sub’ektlari tomonidan iste’mol qilinadigan oddiy
tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradilar,
norasmiy iqtisodiyot uchun
buyurtmalar ko‘pincha “rasmiy” biznesdan kelib chiqadi. Va nihoyat,
norasmiy iqtisodiyot yangi muassasalar “poligon”idir. Kichik va
mayda tadbirkorlik birliklarining majmui, osonlik bilan o‘zgarib
borayotgan assortiment, texnologiya, tashqi va ichki xo‘jalik aloqalari
hisoblangan