VIII BOB. INDIVIDUAL JINOYATCHILIK XATTI-
HARAKATLARINING IQTISODIY TAHLILI.
8.1. Jinoyatchilik individual ratsional tanlov sifatida.
8.2. Ratsional jinoiy xatti – harakat modelining
cheklanganligi.
8.3. Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari.
G. Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi.
8.4. Erlix modelining asosiy mazmuni
8.5. Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash
yo‘llari.
8.1. Jinoyatchilik individual ratsional tanlov sifatida.
Neoinstitutsionalistlarning ta’kidlashlaricha, jinoyatchi o‘zini
mohiyatan qonunga me’yorida rioya qiladigan fuqaro sifatida tutadi -
o‘zining ixtiyoridagi mavjud inson
va jismoniy kapitalidan
samaraliroq foydalanishga urinadi. «Shu tariqa, jinoyatchi bo‘lishga
qaror qilish tosh teruvchi yoki duradgor bo‘lishga, yoki iqtisodchi
bo‘lishga qaror qilishdan farq qilmasligini hisobga olish mumkin, -
deb yoziladi sharhlovchi maqolalardan birida.
Individ har bir
muqobillarning sof xarajatlari va foydalarini ko‘rib chiqadi va shu
asosda o‘z qarorini qabul qiladi»
161
.
Biroq duradgorlik va
jinoyatchilik “kasbi” o‘rtasida bor-yo‘g‘i bitta tafovut mavjud bo‘lib,
uni iqtisodchilar ancha ilgari sezganlar. Uni yaxshi anglash uchun
birgina, xususiy va empirik iqtisodiy-kriminologik
tadqiqotga
murojaat qilish o‘rinli.
1972 yilda amerikalik iqtisodchi Maykl Sesnovitsning
“Tajovuzkorona o‘g‘irlikdan olingan daromad”
nomli kichik
maqolasi chop etilgan
162
. Uning muallifi Pensilvaniya shtatining 1967
yil davomidagi kriminologik statistikasi aniq ma’lumotlari asosida
buzib o‘g‘rilik qiluvchining “kasbi” (buzib o‘g‘rilik qilish, burglary –
161
Rubin P. H. The Economics of Crime // The Economics of Crime.
Cambridge
(Mass.), 1980. P. 13.
162
Sesnowitz M. Returns to Burglary // The Economics of Crime. Cambridge
(Mass.), 1980. C. 181 - 186. (Mazkur maqola birinchi marta quyidagi nashrda chop
etilgan: Western Economic Journal. 1972. Vol. 10. No. 4. P. 477-481.)
AQSh da eng keng tarqalgan jinoyat turi) qanchalik foydali ekanligini
aniq baholashga va shu orqali jinoyatchilik faoliyatidan daromadlilik
hisobining umumnazariy modelidan
foydalanishga aniq misol
keltirishga urindi.
Buzib o‘g‘rilik qilish boshqa turdagi jinoyatchilik faoliyatlari
kabidir – bu, deb ta’kidlaydi muallif,
yuqori riskli faoliyatdir, shu
sababli o‘g‘ri qo‘lga tushish va sudlanish bilan tavakkal qiladi. Agar
jinoyatchining sof daromadi turli omillarga bog‘liqligini formula
ko‘rinishida ifodalashga harakat qilinadigan bo‘lsa,
u quyidagi
ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Dostları ilə paylaş: