8.5. Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari.
Iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisodiyotga, uning tarmoqlari yoki
sohalariga ziyon yetkazadigan yoki ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan
va jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat
yoki harakatsizlik). Bunday jinoyatlarning sodir etilishi natijasida
JINOYAT IQTISODIYOTI
Qonun ustuvorligi
O‘lim jazosi
Jinoyatga qarshi kurashish
vositalari
O‘lim jazosining salbiy va
ijobiy tomonlari
Korrupsiya va iqtisodiy o‘sish
Noqonuniy faoliyatlar
Sug‘urta va o‘zini-o‘zi
himoya qilish tadbirlari
jamiyat, jamoat birlashmalari yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon
yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy negizlariga tajovuz qilinadi.
Iqtisodiy jinoyatga:
1) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish;
2) o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jinoyatlar;
3) iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar;
4) xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq,
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga
qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash
departamentiga aylantirildi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat
Mirziyoyevning 2018-yil 23-may kuni imzolangan farmonida ko‘zda
tutilgan. Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko‘rib
chiqish zaruriyati budjet mablag‘larini talon-taroj qilish va ulardan
maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi.
Departament
Bosh
prokuratura
huzuridagi
mustaqil
ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U
iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish,
terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini
tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv
faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek
ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini
qoplash kabilarni amalga oshiradi.
Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga
qarshi kurash boshqarmasi, Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy-
nazorat bo‘limi tashkil etildi. 2018 yil 1-iyuldan prezident huzuridagi
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import
shartnomalari kompleks ekspertiza markazi departamentga shubhali
operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni taqdim etishni
boshlaydi. Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan
bank hisoblari va yagona g‘aznachilik hisobi bo‘yicha davlat pul
mablag‘lari harakati bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rash va olish
huquqi berildi.
Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Birinchidan, iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga, jinoiy
faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni kompleks
tahlil qilish hamda qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyotini
yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ikkinchidan, insofli tadbirkorlar, chet el investorlarini ular
faoliyatiga davlat organlari va tashkilotlarining noqonuniy
aralashuvidan himoya qilish, biznesni rivojlantirishga to‘sqinlik
qiluvchi sun’iy byurokratik to‘siq va g‘ovlarga chek qo‘yish, importni
optimallashtirishga va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport
salohiyatini oshirishga ko‘maklashish;
Uchinchidan, budjet tizimi budjetlari mablag‘larini talon-toroj
qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni
oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarida debitor hamda
kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash,
yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish;
To‘rtinchidan, yoqilg‘i-energetika kompleksida, bank-moliya,
soliq, transport, qurilish va ijtimoiy sohalarda iqtisodiy jinoyatlar
hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning oqibatlarini,
shuningdek, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni
bartaraf etish;
Beshinchidan, davlat manfaatlariga zid ravishda bitimlar tuzish
holatlariga qarshi kurashish, chet el valyuta mablag‘lari noqonuniy
ravishda chiqib ketishi, olib kirilishi va olib chiqilishi, ularning
noqonuniy muomalasi, “xufyona iqtisodiyot”ni shakllantirishning
turli sxemalari va kanallarini aniqlash;
Oltinchidan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar narxlarini
manipulyatsiya qilish, ularga bo‘lgan sun’iy tanqislik va ajiotaj
talabni vujudga keltirish, shuningdek, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan
dori vositalari va tibbiyot buyumlari aylanmasi bilan bog‘liq
noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish;
Yettinchidan,
jinoiy
faoliyatdan
olingan
daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi
qonun hujjatlarining samarali ijro etilishini ta’minlash;
Sakkizinchidan, iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga, shuningdek,
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni
moliyalashtirishga
va
ommaviy
qirg‘in qurolini tarqatishni
moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha chet
davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro ixtisoslashgan va boshqa
tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va axborot almashish;
To‘qqizinchidan,
iqtisodiy
va
korrupsiyaga
oid
huquqbuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirg‘in
qurolini tarqatishni moliyalashtirishning oldini olish bo‘yicha keng
tushuntirish va profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan 2019 yilda
iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiya bo‘yicha 2114 ta jinoyat ishi
qo‘zg‘atildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan
poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyat aniqlandi.
Iqtisodiy jinoyatlar, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi
kurashni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida: – 4019
ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1886 ta ma’muriy va 2114 ta jinoyat
ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida:
– 557 ta yashirin sex yuritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari
qo‘zg‘atilib, 4,9 mlrd. so‘mlik noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot
(xom ashyo) olib qo‘yildi;
– 1884 ta sub’ektning faoliyatiga qonuniy tus berilib, 2001 ta
yangi ish o‘rini yaratildi;
– poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyatlar
aniqlandi;
– 401 mlrd. so‘mlik soliq va to‘lovlar qo‘shimcha hisoblanib, 146
mlrd. so‘mi undirildi;
– valyuta sohasida 1.395 ta huquqbuzarlik aniqlandi;
– 1,8 mln. dollar miqdorida naqd chet el valyutasi va 4,1 mlrd.
so‘m milliy valyuta olib qo‘yildi;
Tibbiyot buyumlari va dori-darmon bilan savdo qilish qoidalari
hamda narxlarni belgilash tartibi buzilishini oldini olish maqsadida:
– savdo qoidalari va narxlarni belgilash bilan bog‘liq 82 ta holat
aniqlandi;
– 775 mln. so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi;
– 30 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
171
.
Dostları ilə paylaş: |