9.4. Mafiya jamoa sifatida
Mafiya ichki tashkiloti yuqorida ta’kidlanganidek, oddiy firma
bilan sezilarli belgilarga (mehnat taqsimoti, iyerarxiklik) ega. Legal
firma bozor munosabatlarining ishtirokchisi bo‘lib, o‘z ichki tarkibi
bo‘yicha miniatyurali buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi; shu
singari jinoiy tashkilot ham boshqa tashkilotlar bilan raqobatlashadi,
biroq uning ichkarisida raqobat unsurlari ongli ravishda to‘ldiriladi.
Ammo mafiya oilalarida oddiy firmalarda bo‘lishi mumkin
bo‘lmagan belgilar ham mavjud: mafiyaning doiraviy qo‘li xizmat
ko‘rsatadigan korporatsiyalar oddiy loyalligidan ancha ustun bo‘ladi.
Masalan, “jamiyat” uchun voz kechishga tayyorlik (masalan, hatto
og‘ir jazolanish xavf solib turgan vaziyatda ham politsiya bilan
hamkorlikni rad qilish) jinoiy hamkorliklar a’zolari xulq-atvorining
me’yori hisoblanadi, buni legal firma xodimidan kutish qiyin bo‘lar
edi.
184
Eng yuqori monopollashgan kriminal soha kokain biznesi hisoblandi. Chunki
koka barglari faqat “And uchburchagi” da o‘sadi (Peru, Boliviya, Kolumbiya). Biroq bu
yerda ham mutloq monopoliya emas, balki qat’iy oligopoliya kuzatiladi: 1980-yy.da
Medelinsk narkokarteli kokain eksportining taxminan 80% ini, Kali narkokarteli 20% ini
ta’minladi; 1990 yy. da esa aksincha, Kali – 80%, Medelinsk karteli qoldiqlari - 10-20%.
Birinchi me’yor «o‘yin konstitutsiyasi» o‘zaro hamkorlik
maqsadlarini aniqlashga taalluqli, uni sha’n me’yori sifatida ifodalash
mumkin. Mafiyaning avjiga chiqqan klassik davri (1890-1970
yillar)da Italiya janubi aholisining asosiy maqsadi o‘zining
foydaliligini oshirishdan emas, balki o‘z sha’nini va o‘z oilasining
sha’nini saqlab qolishdan iborat bo‘lgan. Hatto o‘zini mafiya deb
hisoblagan insonning o‘zini nomlashi – «sha’n odami» - uning
faoliyati
maqsadining
an’anaviy
xususiyatini
tasdiqlagan.
Kelishuvlar nazariyasi atamasidan foydalangan holda, sha’n
me’yorini an’anaviy kelishuv jumlasiga kiritish mumkin, chunki gap
oilaning sha’ni va obro‘si haqida, birinchi galda, er-xotinning sha’ni
haqida ketayapti. Haqiqiy mafioz uchun hatto tijorat sohasidagi
muvaffaqiyat ham mustaqil qadr-qimmat emas, balki sha’n belgisi
sifatida ko‘rib chiqiladi.
Sha’nni himoya qilish va tasdiqlashning asosiy vositasi – «hasad
raqobatchiligi», erkaklar ega bo‘lgan zulm o‘tkazish salohiyatini
doimiy ravishda taqqoslash (ta’kidlash lozimki, mafiyaning madaniy
sohasi – «machizm», ya’ni erkakka sig‘inish)dir. Xufyona tadbirkor
zarur hollarda zulm qo‘llanilishi bilan to‘xtab qolmaydi, oshkora
tadbirkor esa zulm o‘tkazish uchun davlat monopoliyasi oqibatida
erkinlikning ushbu darajasidan mahrum etilgan. Shuning uchun
mafiya bilan bog‘liq korxonalarning raqobat jihatdan ustunliklari
raqobat natijasida emas, balki yakka (alohida) monopoliyani hosil
qilish va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladi
185
.
Navbatdagi me’yor – ishonch – an’anaviy xususiyatga ega,
chunki u oila doirasida lokalizatsiyalashgan. Oila ichida ishonch
bo‘lmasa, uning boshlig‘ining sha’ni tushunchasi o‘z kuchini
yo‘qotadi. Shu nuqtai nazardan ishonch an’anaviy tarzda oila
turmushining bazaviy tamoyillaridan birini aks ettiradi va uning
tashqarisiga amal qilmaydi, demak, u bozor konstitutsiyasida ko‘zda
tutilganidek, oqilona harakatning sharti bo‘lishi mumkin emas.
Mafiyaning bazaviy tashkiliy birligi – sossa – 15-20 (ko‘pi bilan 70-
185
Qarang: Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б.
Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун-
ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. –
71-бет.
80, kamida 7) kishidan iborat va oila-qarindoshchilik aloqalari
asosida shakllanadigan guruhni o‘zida namoyon etadi. Sossa faoliyati
doirasiga tushgan barcha shaxslar uning a’zolari bilan do‘stona
munosabatlar orqali bir-biriga bog‘liq.
Mafiya bilan bog‘liq tadbirkorlarning raqobat jihatdan yana bir
ustunligi bo‘lib ishonch asosida shartnoma munosabatlarini qurish
hisoblanadi – mafiya shartnoma majburiyatlari bajarilishining eng
yaxshi kafolati hisoblanadi. Shuningdek, ishonch yuqori bo‘lmagan
sharoitda amalga oshiriladigan oshkora tovarlar bilan istalgan
xufyona bitimlarga va taqiqlangan tovarlar (qurol, giyohvandlik
moddalari) bilan istalgan bitimlarga ham e’tibor qaratiladi. Tovar
sifatida ishonchning o‘ziga xos jihatini hisobga olgan holda, mafiya
uni sotishni g‘ayrioddiy usul bilan – oila-qarindoshchilik, do‘stona
yoki mijozlik aloqalari sohasiga manfaatdor tadbirkorni aralashtirish
orqali amalga oshiradi.
Bitimlar bo‘yicha hamkorlarni «o‘ziniki» va «begona» toifasiga
bo‘lish prinsipial jihatdan muhim, bu yerda gap ikkita standart, ikki
xil xatti-harakat haqida boradi. «O‘ziniki» doirasida sha’n va obro‘ga
birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali erishiladi va himoya qilinadi,
munosabatlar ishonch asosida quriladi. «O‘ziniki» va «begona»
o‘rtasida «hasadguylik raqobatchiligi» bo‘lishi muqarrar, ishonch esa
dushmanlik va zulmga o‘z o‘rnini bo‘shatib beradi. Xatti-harakatning
ikki yoqlama standarti mantig‘iga yana bir muhim me’yor – maxfiylik
kiritiladi. Ushbu me’yor tashqi olam bilan, ayniqsa, davlat vakillari
bilan munosabatlarda to‘liq yopiqlikni belgilab beradi, uning teskari
tomoni sifatida to‘liq ochiqlik va oila a’zolaridan faqat haqiqatni
gapirishni talab qilish ishtirok etadi
186
.
Jinoiy tashkilot monolitligini izohlashda odatda “omert” (jim
turish qonuni) ning buzilishi o‘lim bilan (ko‘pincha nafaqat
qonunbuzarning o‘zi, balki uning oila a’zolarining) jazolanishi
to‘g‘risida gapiriladi. Biroq shafqatsiz jazolanishdan qo‘rqish –
nafaqat yagona, balki gangsterlarni tekislashning asosiy sharti
186
Qarang:Беркинов Б.Б. Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б.
Беркинов; ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тош. Давлат иқтисодиёт ун-
ти, Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. –
72-бет.
bo‘lishi ham mumkin. Nemis sotsiologi L.Paolining ta’’kidlashicha,
eng avvalo, “og‘achilik” bitimidan kelib chiqadigan “ritual tug‘ilish”
munosabatlari mafiya birlashmalarining asosi sifatida chiqib, uni
aloqalarni hozirdan uzibgina qolmay, balki jinoiy guruh manfaatlari
uchun zaruriyat tug‘ilganda, hatto o‘z jonidan kechishga ham majbur
bo‘lishini anglatadi. Bu guruh ichida mukofotlar kutmagan holda
arxaik jamoalardagi munosabatlar turiga ko‘ra, alturistik o‘zaro
munosabatlar hukmronligini ko‘zda tutadi. Hatto firmaga yollashni
emas, balki yangi a’zolarni qabul qilish dalolatnomasining o‘zi
ko‘pincha ibtidoiy jamoalarda initsiatsion an’analarni eslatuvchi
ritual bo‘lib qoladi
187
. Mafiyaning kichik a’zolari kattalarning
farmoyishlarini bajarishdan voz kechish huquqiga ega emas. Fiktiv
tug‘ilish munosabatlari kriminal tashkilotlarga ekstraordinar
mustahkamlik berib, uni tadbirkorlik firmalaridan topish mumkin
emas.
Albatta, “mafiya birodarligi”, eng avvalo, to va ilk industrial
jamiyatlardayoq vujudga kelgan “eski” jinoiy tashkilotlar (triadalar,
yakudza, Sitsiliya mafiyasi) uchun xosdir. Jamoaviy kollektivizm
ruhi oqibatida shaxsiy foydaga odatdagi intilish bilan almashtirgan
holda ham ketma-ket ucha boshladi. Biroq “mafiya birodarligi” jinoiy
tashkilotlarni yo‘q qilish tartibi qo‘rquvi kuchlariga samarali qarshilik
ko‘rsatish bo‘lib xizmat qilar ekan, jamoaviy mentallik qonunlarga
rioya qiluvchi fuqarolar oddiy olamiga qaraganda, ularda yanada
mustahkamroq saqlanib qoladi.
Shunday qilib, jinoiy tashkilotlarni nafaqat kriminal firmalar,
yashirin hukumat deb, balki jamoaviy turdagi jinoiy og‘aynichilik,
deb ham hisoblash lozim. Hozirgi zamon dunyosida mafiya
tashkilotlarining asosiy “shaxsi” firma “shaxsi” bo‘lib, yashirin
hukumatlar vazifalari esa jinoiy hamdir (og‘aynichilik keyingi
o‘ringa o‘tadi, ammo yo‘qolib ketmaydi).
187
Masalan, Sitsiliya mafiyasiga “yangi olingan” kishi tajribali “kishi sha’ni”
salomlashish so‘zidan keyin budga o‘z qonini surtadi va “Agar men qasamimni buzsam,
bu muqaddas timsol kuyganidek, mening avlodim ham kuyib ketsin” degan ritual
qasamni takrorlagan holda qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazgan holda uni yoqadi. (Кальви Ф.
Повседневная жизнь итальянской мафии. М., 2000. С. 44-45).
|