Abulqosimov h. P., Muminov n. G


-rasm. Jinoiy tashkilot bitimlari tizimi



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

9.2.1-rasm. Jinoiy tashkilot bitimlari tizimi 
Shunday qilib, uyushgan jinoiy guruh jinoiy faoliyat transaksion 
xarajatlarini kamaytiradigan yashirin munosabatli bitimlar tizimini 
o‘zida mujassamlashtiradi
 
(9.2.1-rasm). 
Jinoiy tashkilotning yashirin bitimlar tizimi sifatidagi modeli 
tabiiyki, umumlashgan abstrakt tavsif kasb etadi. Real uyushgan 
jinoyatchilik ushbu idealga intiladi, ammo har doim ham unga 
erishavermaydi. Yaponiyaning uyushgan jinoyatchiligi unga ko‘proq 
muvofiq kelib, politsiya bilan uzviy aloqalarni ushlab turgan holda 
to‘la oshkora harakat qiladi
182

182
«Aynan mamlakatlar ittifoqida politsiyalar va mafiyalar mazkur mamlakatdagi 
Tashkil qilinmagan 
jinoyatchilik 
tashkilotchilar 
JINOIY GURUH 
mutaxassislar 
ijrochilar 
Oddiy 
fuqarolar 
Boshqa 
jinoiy 
guruhlar 
Huquq 
tartibot 
idoralari 
«Soliq» 
Maslahatlar, 
to
‘xtatish 
poralar 
Aralashm
aslik 
лашмасл
Ta’sir 
ko‘rsatish 
sohalari 
bo‘limi 
Tovarlar va 
xizmatlar 
Tovarlar va 
xizmatlar 


9.3. Mafiya xufyona hukumat sifatida 
Uyushgan jinoyatchilik uchun xos bo‘lgan (Italiya mafiya 
“oilalari”, Yaponiyada yakudza, Xitoy triadalari va b.) jinoiy 
tashkilotlarning faoliyati nolegal tadbirkorlikka olib kelmaydi. Ushbu 
barcha mafiya tashkilotlari hozirgi nolegal bozorlar (narkotiklar, 
“jonli 
tovar”, 
qurol-yarog‘lar, 
antikvarlar, 
o‘g‘irlangan 
avtomashinalar va h.k.) shakllangunga qadar ham mavjud bo‘lgan: 
nolegal tovarlar bozorlari faqat Ikkinchi jahon urushidan keyin 
vujudga kelgan bo‘lsa, deyarli barcha mashhur mafiya uyushmalari 
(Amerika “Koza Nostra” bundan mustasno) XIX asrning o‘rtalaridan 
boshlab faol harakat qilganlar. 
Jinoiy hamkorliklarning legal firmalarga aylanishi ularning 
yuqori darajada rivojlanishiga to‘g‘ri keladi. Ilgarigi bosqichlarda 
mafiya tashkilotlari ko‘proq o‘ziga xos yashirin hukumatlar sifatida 
rol o‘ynagan. Oqibatda bu o‘xshashlik belgilari sezilarli ravishda 
susaydi, ammo to‘liq yo‘qolib ketmadi. Buni isbotlash uchun reket-
biznesni ko‘rib chiqamiz, har qanday mafiya tashkilotining tarixi 
odatda undan boshlanadi. 
Reket - bu jinoiy va mulkiy ziyon yetkazish xavfi bilan gangster 
“soliqlari”ning to‘planishidir. Soliqlarni yig‘gan holda jinoiy 
tashkilot odatda “soliq” solingan tadbirkorlarga boshqa jinoiy 
guruhlarning yoki individual jinoyatchilarning tajovuzlaridan 
himoyalashni kafolatlaydi. Barqaror to‘lovlarni kafolatlash uchun 
reketlar o‘z mijozlari o‘rtasidagi mulkiy nizolar (qarz majburiyatlari, 
shartnomaviy kelishuvlarning ijrosi) bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarda 
oliy arbitr rolini o‘z zimmasiga olishga intiladi.
Reketlik bilan shug‘ullangan holda jinoiy tashkilot mulkchilik 
huquqini himoyalash – barcha kriminal unsurlardan, shu jumladan, 
mazkur tashkilot a’zolaridan ham himoyalash xizmatlarini sotadi. 
past jinoyatchilik darajasiga nisbatan sababga tayanadi. Politsiyaning barcha kuchlari 
faqat mafiya bilan emas, balki tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan kurashga qaratilgan 
va mafiyaning o‘zi unga mazkur kurashda yordam beradi. Mafiya “oila” lari tashkil 
qilinmagan jinoyatchilarga tartibsizliklar keltirib chiqarish imkonini bermaydi». 
(Преображенский К. Пасынки самураев // Вокруг света. 1989. № 2. С. 10, 12). 
Binobarin, 1990-yy. da politsiya va yakudzaning bunday “iddillistik” amal qilishi buzila 
boshladi. 


Huquqni muhofaza qilish xizmatlari doimo ijtimoiy ne’matlar (public 
goods) qatoriga kirib, ularni ishlab chiqarish davlat monopoliyasida 
hisoblanadi. Shu sababli reket-biznesning rivojlanishini kriminal 
politogenez, rasmiy hukumat bilan raqobatlashuvchi yashirin erzats – 
hukumatlarni yaratish shakli sifatida o‘rganish zarur. «...Mafiya, - deb 
yozadi shu masala bo‘yicha mashhur Amerika iqtisodchi-kriminologi 
E.Enderson, - qonuniy sud tizimi o‘z vakolatlarini bajarishda fiaskoga 
toqat qilayotgan sohalarda hukumat (qonunlarni ijro etuvchi va 
kriminal sud ijrochiligi) vazifasini bajaradi»
183

“Yashirin” odil sudni tashkil qilishni o‘z zimmasiga olayotgan 
kriminal hukumat vazifasini individual jinoyatchilar va mayda 
raqobatlashuvchi to‘dalar kuchi bilan emas, balki faqat uzoq yillardan 
buyon amal qilib kelayotgan yirik tashkilotlar orqali bajariladi. 
Bundan tashqari, nizoli hududlar tufayli o‘zaro to‘qnashishlarni 
bartaraf qilish maqsadida turli jinoiy tashkilotlar faoliyatini 
muntazam muvofiqlashtirib turish zaruriyati vujudga keladi. Buning 
uchun yirik jinoiy “oilalar” rahbarlaridan iborat ixtisoslashgan 
“direktorlar kengashlari” tuzilib, ularning muntazam yig‘ilishlarida 
kriminal faoliyatni strategik rejalashtirish va nizolarni tartibga solish 
amalga oshiriladi. 
Ommaviy-huquqiy vazifalarni monopollashtirishdan boshlab, 
yirik jinoiy tashkilotlar kriminal ishlab chiqarish alohida turlarini 
monopollashtirishga 
tez 
o‘tib 
ketadilar 
– 
o‘ziga 
xos 
“milliylashtirish”ni amalga oshiradilar. Mohiyatan har bir jinoiy 
tashkilot raqobatni markazlashgan taqsimotga to‘liq almashtirgan 
holda gangster bozor xo‘jaligi o‘rniga gangster buyruqbozlik 
iqtisodiyotini tuzishga harakat qiladilar. Ammo bu mutlaqo amalda 
bajarilmaydi. 
Jinoiy 
biznesning 
bir 
tashkilot 
tomonidan 
to‘liq 
monopollashtirilishiga, eng avvalo, kriminal ishlab chiqarish 
texnologiyasining o‘zi to‘sqinlik qiladi. Jinoiy makonlarda, legal 
makonlardagi singari ob’ektiv ravishda monopol to‘siqlar: ko‘lam 
samarasi, taqchil xom ashyo resurslarini egallab olish imkoniyati kabi 
183
Эндерсон Э. Организованная преступность, мафия и правительство // 
Экономика и организация промышленного производства. 1994. № 3. С. 161. 


to‘siqlar vujudga keladigan sohalargina monopollashadi. Kriminal 
biznesning ko‘pgina sohalarida bunday to‘siqlar yo‘q ekan, uni 
qanchadir to‘liq monopollashtirish mumkin emas. 
Bundan tashqari, jinoiy tashkilot qanchalik yirik va kuchli bo‘lsa, 
muqobil hokimiyat markazi (masalan, Medelinsk narkokarteli bilan 
aynan shunday bo‘lgan) paydo bo‘lishidan bezovta bo‘layotgan 
huquq - tartibot kuchlarining kuzatish ob’ekti bo‘lib qolishi ehtimoli 
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mazkur ob’ektiv holatlar tufayli qandaydir kriminal sohalarni 
“yashirin hukumat” tomonidan to‘liq “milliylashtirish” amalga 
oshirilmaydigan ishdir
184
. Rivojlangan uyushgan jinoyatchilik 
tadqiqotchilar oldida mustaqil knyazliklarga o‘xshash mahalliy 
monopol firmalar tarmog‘i sifatida turib, ular o‘rtasida eskilari 
doirasidan tashqarida va yangi bozorlarni o‘zlashtirish uchun raqobat 
to‘xtamaydi.

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin