Ijtimoiy global muammolar orasida jinoiy globalashuv
188
muammosi katta mojaroga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, jahon
xo‘jaligi rivojiga sivilizatsiyalashgan jamiyatda qabul qilingan “o‘yin
qoidalari”ga rioya qilmaydigan destruktiv kuchlarning ta’siri
kuchayib bormoqda. Jinoiy globalashuv muammosi faqatgina
transmilliy
uyushgan
jinoyatchilik
va
xalqaro
terroristik
tashkilotlarga tegishli emas. U yana jinoyatchilar uslubidan
foydalanib, global miqyosda noqonuniy xo‘jalik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi qonuniy firmalar va qonuniy hukumatlar faoliyatlari
bilan bog‘liqdir.
Jinoiy globallashuv jahon xo‘jaligini ikkiga ajralishiga olib
kelmoqda: bir tomoni – qonuniy, “oshkor” jarayonlar; ikkinchi
tomoni – noqonuniy, yashirin jarayonlar. Qonuniy jahon xo‘jaligining
deyarli barcha tarkibiy qismlari noqonuniy “egizak”ka ega bo‘lmoqda
(10.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: