Abulqosimov h. P., Muminov n. G


Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Qurol-yarog‘ni noqonuniy sotish.
1990-yillarda yashirin qurol-
yarog‘ bozorining o‘rtacha yillik aylanmasi “noqulay” (tinchlik) 
yillari 1-2 mlrd.AQSh dollari miqdorida, yuqori o‘sish cho‘qqisi 
(masalan sobiq Yugoslaviyadagi urush davrida) vaqtida 5-10 
mlrd.AQSh dollari miqdorida bo‘lgan. Taqqoslash uchun aytish 
lozimki, AQShdan (jahon qurol-yarog‘ bozorining yetakchisi) oddiy 
qurol-yarog‘ni turlarining rasmiy eksporti taxminan 10 mlrd.AQSh 
dollarini tashkil etadi. 
Noqonuniy qurol-yarog‘ bozori ikki turga bo‘linadi: jinoiy, 
mafiyali (“qora”), va kvazi-jinoiy (“kul rang”). Birinchi bozorda 
asosan yengil qurol-yarog‘ bilan va kichik partiyalarda savdo qilinadi; 
katta va kuchli qurollarni (raketalar, zambaraklar va ularning o‘qlari, 
vertolyotlar) ulgurji savdosida asosan hukumatlarning maxsus 
xizmatlari yoki yirik qonuniy biznes ishtirok etadi (qarang:10.2.1-
rasm). 
10.2.1-rasm. Noqonuniy qurol savdosi turlari
192
 
Bu hol, “qora” bozorni “kul rang” bozordan xavfsizroq degan 
fikrga olib kelmasligi kerak, masalan, yadro materiallari 
kontrabandasi nihoyatda xavfli hisoblanadi. 
192
Mualliflar tomonidan tuzilgan. 
Noqonuniy qurol savdosi 
Kvazi-jinoiy (“kul rang”) 
asosan yengil qurol-yarog‘ bilan 
va kichik partiyalarda savdo 
qilinadi 
Jinoiy, mafiyali “qora” bozor 
Rasmiy maxsus xizmat va 
biznes ishtirokida katta va 
kuchli qurollarni (raketalar, 
zambaraklar va ularning 
o‘qlari, vertolyotlar) ulgurji 
savdosi 


Noqonuniy qurol-yarog‘ning sotib oluvchisi sifatida ko‘pincha 
“uchinchi dunyo” davlatlari va tashkilotlari namoyon bo‘ladi, 
sotuvchilar esa rivojlangan mamlakatlar vakillari hisoblanadi. 
Qonuniy xom ashyo resurslari kontrabandasi.
Shimol va 
Janub o‘rtasida kontrabanda ob’ekti bo‘lib narkotik va qurol-
yarog‘dan tashqari yana “uchinchi dunyo” mamlakatlarining 
qimmatli tabiiy resurslari – birinchi navbatda, qazilma boyliklari 
(olmos, oltin, neft) namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillar oxirlarida 
olmos kontrabandasi jahon olmos bozorining 20 foizini tashkil etar 
edi (ularning taxminan 10 foizi - “qonli olmoslar” – Afrika 
mamlakatlaridagi urushlarda tortib olingan olmoslardir). Nomineral 
tabiiy resurslar bilan noqonuniy savdoga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu 
kontrabandaning umumiy miqyosi (qimmatli yog‘och va baliq 
mahsulotlari) yiliga 5-8 mlrd.AQSh dollarini tashkil etardi, yana 6-10 
mlrd.AQSh dolari hajmda noyob hayvonlardan olingan xom ashyolar 
(fil suyagi, karkidonning burun shoxi, oq quyruq shoxlari va boshq.) 
tashkil etardi. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin