tashkil etadi: tajovuzkorona o‘g‘irlik uchun jazolanish ehtimoli –
taxminan 6%; o‘rtacha 40 oylik qamoqxona hukmidan kutilayotgan
yo‘qotishlar - taxminan 5300 dollar; demak, buzib o‘g‘rilik
qiluvchining kutilayotgan daromadi taxminan 200
dollarni tashkil
etadi. Boshqacha aytganda, jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan sof
daromadi manfiy miqdor bo‘lib chiqadi. Bu qonuniyat amalda barcha
turdagi huquqbuzarliklarda namoyon bo‘ladi. Biletsiz yurishni
yoqtiradigan har bir kishi kontrolyorni uchratish ehtimoliga va jarima
miqdori muntazam biletsiz yurish zararli bo‘ladigan miqdorda
bo‘lishi ehtimoliga ertami-kechmi ishonch hosil qiladi
163
Agar jinoyatchining o‘rtacha kutilayotgan daromadi noldan
kichik bo‘lsa, jinoyatchi ratsionalligini tasdiqlash mumkin bo‘ladimi?
Mumkin! Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida
risk iqtisodiyoti
maxsus bo‘limi mavjud. Iqtisodchilar ratsional xo‘jalik xatti-
harakatlarining uchta har xil turlarini ajratadilar: riskka moyillik,
riskka betaraf munosabat va riskdan qochish. Jinoyatchilarning fe’l-
atvori - bu riskka moyillar fe’l-atvoridir, demak, jinoyatchilikka riskli
biznes turi sifatida qarash mumkin. Legal iqtisodiyotda birjadagi
ko‘plab o‘yinchilar, ko‘ngilochar (azart) o‘yinlar ishqibozlari, ayrim
tadbirkor-novatorlar o‘zini shu tariqa tutadilar.
Qandaydir faoliyat
turi (shu jumladan, jinoiy) qanchalik riskli hisoblansa, risk
ishqibozlari o‘rtacha real daromadlari shunchalik past bo‘ladi. Shu
sababli jinoyatchilar daromadlari ular legal iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanib, olishlari mumkin bo‘lgan
ish haqidan odatda past
bo‘ladi.
Agar M.Sesnovits tomonidan namoyish etilgan yondoshuvni
umumiyroq ko‘rinishda tasavvur qilsak, u holda jinoyatchilarning
fe’l-atvori kutilayotgan foydalilikni
maksimallashtirish sifatida
namoyon bo‘ladi. G. Bekker huquqbuzarliklarni amalga oshirishdan
kutilayotgan foydalilikni quyidagi formula orqali ifodalagan:
163
Kutilayotgan daromadni hisoblash formulasidan foydalanib, kontrolyor
qanchalik tezlikda biletlarni tekshirib qolishi mumkinligini hisoblash oson, “quyon”
bo‘lib yo‘lda yurish foydasiz:
agar masalan, avtobusdagi bilet 5 rubl, biletsiz yurish
jarimasi – 100 rub. bo‘lsa, u holda jarimaga tortilish ehtimoli 5% ga oshishi zarur, ya’ni
kontrolyor kamida har bir 20 – avtobusni tekshirishi zarur.