bo‘ladi
166
.
Birinchidan,
davlat
huquqni
muhofazalash
agentliklari
faoliyatining kuchayishi oddiy fuqarolarning o‘z-o‘zini muhofazalash
bo‘yicha faoliyatini qisqartirishi kerak. Natijada resurslarning
xususiydan davlat huquqni muhofaza
qilish faoliyatiga qayta
taqsimlanishi yuz beradi, fuqarolar uchun odatdagi xavfsizlik darajasi
esa o‘zgarmaydi.
Ikkinchidan, bog‘lanish samarasi mavjud bo‘ladi: to‘xtatib
turuvchi tadbirlarning vaqtinchalik yoki mahalliy kuchayishi jinoiy
faoliyatning boshqa davrlarga yoki boshqa mintaqalarga qo‘chib
o‘tishiga olib keladi. Shuningdek, masalan, rivojlangan
mamlakatlarda bank faoliyati ustidan
nazoratning kuchayishi
“uchinchi dunyo” da (masalan, Karib dengizi orollarida) offshor
zonalarning shakllanishiga olib keldi, bu yerda bank qo‘yilmalarining
harakati ustidan nazorat amalda mavjud emas, bu esa “iflos pullar”ni
to‘siqlarsiz yuvish imkonini beradi.
Uchinchidan, ko‘plab jinoyatchilar (eng avvalo, narkomanlar )
har qanday narxdan ma’lum daromad olishni ko‘zlaydilar. Agar
ko‘rilgan xavfsizlik qo‘shimcha choralari natijasida jinoyat bir
turidan ularning o‘rtacha daromadi (masalan, kishilar naqd pullarni
kredit kartochkalari bilan almashtirgan holda ularni o‘zi
bilan olib
yurishni to‘xtatsalar) kamaysa, u holda boshqa jinoyatlarni ko‘proq
sodir etadilar (masalan, ko‘pincha mayda do‘konlarni o‘maradilar
yoki kvartiralarni buzadilar).
To‘rtinchidan, ratsional jinoyatchi fosh qilinish to‘g‘risidagi real
ma’lumotlarni emas, balki unga qulay bo‘lgan axborotlarnigina
hisobga oladi. Agar fosh qilinuvchanlikning oshishi qoidabuzarlar
tomonidan sezilmay qolsa, u holda mazkur to‘xtatib turish samarasi
nolga teng bo‘ladi. Bunday vaziyatda ommaviy axborot
vositalarining ishi politsiya faoliyatining haqiqiy muvaffaqiyatlariga
qaramasdan, o‘z holicha jinoyatchilikni kamaytirishi (agar
jinoyatchilik
bilan
kurashdagi
muvaffaqiyatlar
to‘g‘risidagi
axborotlar tarqatilsa) yoki aksincha, uni oshirishi mumkin.
166
Cameron S. The Economics of Crime Deterrence:
A Survey of Theory and
Evidence // KYKLOS. 1988. Vol. 41. Fasc. 2. P. 301-323.
Beshinchidan, kishilarda qimmatli me’yor va qoidalar yoshlik
chog‘larida shakllanishini, keyinchalik esa odatda o‘zgarmasligini
hisobga olish zarur. Agar qonunlargi rioya qilinadigan muhitda
tarbiyalangan oddiy fuqaro jinoyat sodir etish imkoniyatiga ega bo‘lsa
ham, hattoki, uni ushlab olmasliklariga to‘liq ishonsada,
bunday
qilmaydi: ruhiy xarajatlar uni huquqbuzarlik foydasini past
baholashga majbur qiladi. Bunda mazkur vaqtda sodir etilgan aniq
jinoyat uchun jazolash ehtimoli potensial jinoyatchi xatti –
harakatlariga ta’sir etuvchi omillar qatoridan umuman,
istisno
qilinishi mumkin.
Kriminologik omillar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklar
shunga olib keladiki, jinoyatchilik va jazolar iqtisodiyot nazariyasi
tavsiyalaridan katta ehtiyotkorlik bilan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Dostları ilə paylaş: