Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Birinchidan, 
xufyona 
iqtisodiyot 
ulushi 
katta 
bo‘lib, 
iqtisodiyotning dominant, norasmiy va g‘ayrihuquqiy munosabatlar 
muhim o‘rin tutuvchi sektoriga aylanib bormokda. Ba’zi MDH 
mamlakatlarida davlat apparatining yoppasiga korrupsiyalashgani
huquq va sud tizimi rolining sustligi, ularning ma’muriy apparatiga, 
yashirin moliyaviy kapitalga tobeligi bugungi kunning real 
voqeligidir. 
Ikkinchidan, 
iqtisodiyotda moliyaviy guruhlar (klanlar) 
shakllandi. Ular yirik kapital qo‘yilmalarini boshqaradigan davlat 
hokimiyati organlari «qanoti» ostida bo‘lgan hokimiyat xo‘jalik 
tuzilmasi bo‘lib, keng ko‘lamdagi tadbirkorlik (eng avvalo, tijorat) 
faoliyati bilan shug‘ullanadilar. O‘z faoliyati bilan bu moliya 
guruhlari bozorda, asosiy tovar guruhlari bozorida va, ayniqsa, tashqi 
savdoda raqobat kurashini cheklaydilar. Yashirin moliya kapitalining 
iqtisodiyotdagi monopol hukmronligi orqali o‘ta katta daromadlar 
olishining yana bir oqibati – aholining katta qismi qashshoqlashib 
ketishidir. 
Uchinchidan, 
xufyona iqtisodiyot rivojlanishi oqibatida 
mamlakatning budjet tizimi buziladi, daromad va xarajatlarini 
taqiklash yoki kamaytirish, cheklashlar yuzaga keladi. Moliya 
kapitali guruhlari budjet mablag‘laridan katta daromadlar olish 
yo‘lida foydalanadilar, budjet mablag‘lari va davlat mulki bilan turli 
qing‘ir ishlarni amalga oshiradilar, bunday sharoitda davlat moliyaviy 
22
Artikovich, A.S., Kurbandurdievich, M.K. (2020). THEORETICAL BASIS OF 
METHODS OF MEASUREMENT AND FUNCTIONING OF THE SHADOW 
ECONOMY. 
International Journal of Psychosocial Rehabilitation
, 24 (2), pp. 1360-
1370. 
https://www.psychosocial.com/article/PR200435/10137/. 
DOI: 
10.37200/IJPR/V24I2/PR200435 


muammolarni hal qilish uchun qarz mablag‘larini olishga majbur 
bo‘ladi. Shu bilan birga, bu voqelik iqtisodiyotning real sektori 
qisqarishiga, korxonalarning ko‘p qismi sinishiga va, oxir oqibatda, 
ularning deyarli 30 foizi bankrotlikka uchrashiga, uchdan ikki qismi 
esa bankrotlik ostonasiga kelib qolishiga olib keladi. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin