2.3.1-jadval Ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 1990- yillarning boshlarida xufyona iqtisodiyotning miqyosini baholash, YaIMga nisbatan foizda 28 Rivojlangan
mamlakatlar
xufyona iqtisodiyot miqyosi
Pulga bo‘lgan
talab bo‘yicha
baholash
(S. Djonson)
Pulga bo‘lgan
talab bo‘yicha
baholash
(F. Shnayder)
Elektr quvvatini
sarflash
bo‘yicha
baholash
Italiya
20,4
24,0
22,8
19,6
Ispaniya
16,1
17,3
16,1
23,9
Portugaliya
15,6
-
-
16,8
AQSh
13,9
8,2
6,7
10,5
Niderlandiya
11,8
12,7
11,9
13,5
Shvetsiya
10,6
17,0
15,8
10,8
Germaniya
10,5
12,5
11,8
15,2
Fransiya
10,4
13,8
9,0
12,5
Yaponiya
8,5
-
-
13,7
Buyuk Britaniya
7,2
11,2
9,6
13,6
Shveysariya
6,9
6,9
6,7
10,2
1980-1990 yillarda yashirin sektorning miqyosi jadal o‘sishi
Gretsiya, Italiya, Shvetsiya, Norvegiya va Germaniyada kuzatilgan.
Masalan, Germaniyada yashirin iqtisodiyotning hajmi 1975 yildan
1997 yilgacha 5 marotaba o‘sdi – 60 mlrd. AQSh dollaridan 300 mlrd.
AQSh dollarigacha. Germaniyada norasmiy sektor rasmiy YaIMdan
tezroq yiliga 8 foiz sur’at bilan o‘sib bordi.
28
Schnaider F., Enste D. Increasing Shadow Economies All Over the World – Fiction
or Reality?A Survey of the Global Evidence of their Size and of their Impact from 1970 to
1995. (htpp://www.economics.uni-linz.ac.at/ Members/ Schneider/ Enst Schn98. html)
Sobiq sotsialistik mamlakatlarda turli tadqiqotlar natijalariga
ko‘ra 1990-yillarning birinchi yarmida Gruziyada (YaIMning 43-
51%), Ozarbayjonda (34-41%) va Rossiyada (27-46%) yashirin
sektor eng katta ulushga ega bo‘lgan. Sobiq ittifoq mamlakatlariga
xos xususiyat shu bo‘ldiki, xufyona iqtisodiyotning miqyosi 1990
yildan 1995 yilgacha o‘rtacha 26 dan 35 foizgacha o‘sdi. Sobiq ittifoq
makonidagi ko‘pgina kompaniyalar (hatto yirik, davlat kapitali
qatnashgan kompaniyalar) rasmiy iqtisodiyotdagi qonuniy faoliyat
bilan bir qatorda yashirin operatsiyalarni ham amalga oshirishadi.
O‘tish davrida esa bu mamlakatlarda xufyona iqtisodiyot miqyosi
yanada oshib ketgan (2.3.2-jadval).